Hujjatlarni nostrifikatsiya qilish tartibi

Hujjatlarni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;

maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatlar – xalq ta’limi boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar;

o‘rta (to‘liqsiz o‘rta, o‘rta) ma’lumot to‘g‘risidagi – hujjatlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalaridatashkil etiladigan komissiyalar.

Quyidagilarning hujjatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalanadi:

  • xalqaro shartnomalar, Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida xorijiy davlatlarda ta’lim olgan;
  • O‘zbekiston hududida faoliyat yuritishiga ruxsat etilgan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan;
  • xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar)ga muvofiq vazirlik va idoralarning yo‘llanmalari asosida ta’lim olgan;
  • xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bitiruvchilarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari.

Nostrifikatsiyalash uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • ariza;
  • hujjat egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasining asl nusxasi (o‘tilgan o‘quv kurslari va ularning hajmi, yakuniy baholar, amaliyot, kurs va bitiruv malaka ishlari ro‘yxati, o‘quv jarayonining boshqa bajarilgan talablari ko‘rsatilishi lozim);
  • xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasining davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
  • xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Hujjat egasi yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lgan qonuniy vakili yoki manfaatdor tashkilot tomonidan taqdim etiladi.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish talablari:

  • ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni bergan ta’lim muassasasi o‘zi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tan olingan bo‘lishi;
  • ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda tan olingan bo‘lishi;
  • ta’lim to‘g‘risidagi hujjat O‘zbekistonda amalda mavjud bo‘lgan ta’lim shaklida o‘qib olingan bo‘lishi;
  • ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olinishi O‘zbekiston bilan davlatlararo bitimlarda ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur.
  • Mazkur talablarga mos kelmaslik xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olmaslikka asos bo‘ladi.

Nostrifikatsiyalashda ushbu davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari tan olingandan keyin ularning O‘zbekiston davlat ta’lim standartlariga mosligi aniqlanadi.

Ekvivalentlikni qayd etish jarayoni maxsus ekspertiza orqali o‘tkaziladi.

Quyidagi hollarda xujjatlarning ekvivalentligini qayd etish masalasi ekspertlardan iborat maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi:

  • hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan tayyorgarlik sohasi O‘zbekistonda amalda bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga mos kelmasa (koopyeratsiya yo‘li bilan yoki maqsadli ta’lim olgan ariza beruvchining hujjatlari bundan mustasno);
  • o‘qitish hamda tayyorlash O‘zbekistonda olib borilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va sohalarda amalga oshirilgan bo‘lsa.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning ekvivalentligi to‘g‘risidagi salbiy xulosa quyidagi hollarda qabul qilinadi:

  • xorijiy davlatlarda professional ma’lumot to‘g‘risida hujjat beradigan ta’limning umumiy me’yoriy davri (to‘liq o‘rta ma’lumot olingandan keyin) O‘zbekiston ta’lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan bir yildan kam bo‘lsa;
  • ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan mamlakatda uning egasiga O‘zbekistondagiga qaraganda kam akademik va (yoki) professional huquqlar berilgan bo‘lsa (masalan, hujjat egasi oliy o‘quv yurtlariga, magistratura yoki doktoranturaga kirish, professional faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega emasligi);
  • ma’lumot O‘zbekiston qonunchiligida ko‘zda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa.
  • o‘zlashtirilgan o‘quv fanlari hajmi va dars soatlari miqdori O‘zbekiston davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejaning 55 foizidan kam qismini tashkil qilsa.

Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarning ekvivalentligi tan olingach talabgorga ijobiy xulosa taqdim etiladi. Mazkur xulosa maxsus sinovlar o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalashda maxsus sinovlar o‘tkazilmaydi.

Maxsus sinovlar o‘tkazish

Ijobiy xulosa olgan ariza beruvchi maxsus sinovdan o‘tish uchun Davlat inspeksiyasiga kamida o‘n kun oldin yozma ravishda murojaat qilishi kerak. Maxsus sinovlardan o‘tish muddati ariza beruvchining roziligi bilan belgilanadi.

Maxsus sinovlar ekspert komissiyasi yoki uning vakili ishtirokida o‘tkaziladi.

Maxsus sinovlar ariza beruvchining diplom ilovasida mavjud bo‘lgan 3 tadan ko‘p bo‘lmagan mutaxassislik fanlari bo‘yicha, huquq va pedagogika yo‘nalishlarida esa qo‘shimcha ravishda tarix va ijtimoiy fanlardan o‘tkaziladi.

Maxsus sinov natijasiga ko‘ra 55 foiz va undan kam ball to‘plagan ariza beruvchining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari nostrifikatsiyalanmaydi.

Hujjat nostrifikatsiyalanganda quyidagi hujjatlar beriladi:

  • umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnomani nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma;
  • 10, 11, 12 va undan yuqori sinf baholar tabeli (ma’lumotnoma) yoki shahodatnomani nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma;
  • oliy ma’lumot (diplomli mutaxassis, bakalavr va magistr) to‘g‘risidagi diplomini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma.

Mazkur hujjatlar shaxsan ariza beruvchiga yoki notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lgan qonuniy vakiliga beriladi.

Nostrifikatsiya qilish muddati:

Maktab ta’limi va to‘liq o‘rta (to‘liqsiz o‘rta, o‘rta) ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish eng ko‘pi bilan ikki haftamuddatda amalga oshiriladi.

O‘rta-maxsus va oliy ta’lim haqidagi hujjatlarni tan olish bir oy muddatda amalga oshiriladi.

Quyidagi to‘lovlar to’lanadi:

Hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari  miqdorida yig‘im undiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications