ID kartaga bosh kiyimi bilan suratga tushish mumkinmi?

Ichki pasport o‘rnini egallashi kutilayotgan shaxsni identifikatsiyalovchi ID-kartalar  olish uchun hech qanday maxsus hujjatlar talab etilmaydi, faqat pasport, ariza va davlat boji to‘lovi talab etiladi.

ID karta chipiga karta egasining quyidagi ma’lumotlari kiritiladi:

biografik ma’lumotlari;

millati;

raqamli surati;

qo‘l barmoqlarining izlari — 16 yoshga yetganidan keyin;

elektron raqamli imzo kalitining sertifikati — 16 yoshga yetganidan keyin.

ID-karta uchun suratga tushilayotganda bosh kiyimi yechib qo’yiladi. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida NIZOMning   17-bandida belgilab qo’yilgan bo’lib,  unga ko’ra agar fuqaro qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications