II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali Nukus shahrida boʻlib oʻtadi

“II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga tayyorgarlik koʻrish va baxshichilik sanʼatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2021-yilda II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali Nukus shahrida oʻtkaziladi.

Festivalni Qoraqalpogʻiston Rsepublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada oʻtkazish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, Festivalni joriy yilda oʻtkazish muddati sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda belgilanadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications