IIV Akademiyasining Nukus filiali tashkil etiladi

“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Nukus filiali tashkil etiladi.

Filialda toʻlaqonli oʻquv jarayoni Akademiyaning bakalavriati boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi.

Filialda taʼlim olgan bitiruvchilarga Akademiya bitiruvchilari uchun nazarda tutilgan diplom beriladi.

Filialda oʻqish uchun nomzodlar dastlabki bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi shaxslar orasidan tanlab olinadi.

Filialga oʻqishga qabul qilish kvotasi Akademiyaga umumiy qabul kvotasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda belgilanadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications