Ijtimoiy ahvoli og‘ir ayollar uchun arzon uy-joylar ajratish tartibi qanday?

Quyidagi toifadagi ayollar uchun imtiyozli tartibda qishloq va shahar joylarida qurilayotgan uy-joylar (kvartira)lar ajratiladi:

  • og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan;
  • nogironligi bo‘lgan;
  • kam ta’minlangan (bir oydagi jami daromadi har bir oila a’zosiga belgilangan eng kam oylik ish haqining 3 baravari (608 190,00 sum) miqdorigacha to‘g‘ri keladigan oila) hamda farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan onalar.

Yuqoridagi toifadagi ayollar imtiyozli tarzda uy-joy sotib olish uchun tuman (shahar) hokimliklari huzurida tashkil qilingan komissiyalarga murojaat qilishlari zarur. Quyidagi hujjatlar tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi komissiyalarga taqdim qilinadi:

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan arzon uy-joylar qiymati to‘lovining:

  • 25 foizi Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, talabgor ishlayotgan tashkilot hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida);
  • 75 foizi ipoteka asosida tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi;

Arzon namunaviy uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka krediti 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarni qoplash:

  • talabgorning o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
  • talabgor kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli bo‘lmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Fedyeratsiyasi Kyengashi, «Mahalla» xayriya jamoat fondining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Bizni telegramda kuzatib boring

@civil_uz

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications