Ikkita OTMga rahbar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, Qahramon Madaminovich Ibadullayev Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali ijrochi direktori etib tayinlandi.

Nozimjon Soliyevich Toʻychiboyev Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti rektori etib tayinlandi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications