“Imomning maneken qizi” Omina Shenlikoʻgʻli

Taqriz:
Mazkur asar imomning qizi Fotimaning oʻz oilaviy sharoitlaridan nolishi va koʻngli toʻlmasligi bilan boshlanadi. Imom Yoqub nochor turmush kechirar edi, buni asarda u hatto oʻz onasini ziyorat etishga puli yoʻqligidan ham bilsa boʻlar edi.

Shunga qaramay u oʻta xudojoy, ilmli, va halim inson edi, Fotimaning achchiq kesatiqlari, tinimsiz hayot kechirishlaridan shikoyatlari, islom qiziga unuman toʻgʻri kelmaydigan xatti- harakatlar qilishiga , garchi unga kuchli ruhiy iztirob bersa ham ogʻir bosiqlik bilan, Qurʼon oyatlariga amal qilgan holda baho beradigan islomiy metin erkak, OTA edi. Uning goʻzal xulqli rafiqasi Gul xonim ham Fotimani toʻgʻri yoʻlga solishga urinar , kundan-kunga izidan chiqayotgan qizi , uni tun- u kun oʻylab azob chekayotgan mehribon eri oʻrtasida jafokash bir koʻprik edi. Asarning bosh qahramoni Fotimaga kelsak, zotan u koʻp kitob oʻqigan, butun Qurʼonni yod olgan bilimli qiz boʻlsa ham u oʻrganlari va dini unga foydasizdek tuyuladi, chunki otasi mahalla imomi,dinparvar kishi boʻla turib , qoʻli qisqaligi va yon atrofdagi kishilarning ularga past nazar bilan qarashi Fotimaning bu xulosa kelishiga turtki boʻlgandi. Moddiy tanqislik, yoshlik, gʻoʻrlik, qolaversa, hozirgi koʻpchilik yoshlarga xos ,, zamonaviy erkinlik” uni iymonsiz va behayo Betushek din dushmanining ayovsiz changaliga yetaklab bordi, natijada u roʻmolini yechib , maneken boʻlib gazetalarda chiqa boshladi,Fotima bularni yashirincha qilardi va otasini bilib qolishini sira istamasdi , shuning uchun ham uning mini yubka kiyganini koʻrib qolgan amakisidan buni sir tutishni oʻtinib soʻraydi. Vaholanki, imom bundan xabardor edi va qizini yoʻqotayotganligini sezardi, lekin u ,, Qizimga goʻzal tarbiya berganman, bir kuni uning olgan ilmlari uni toʻgʻri yoʻlga soladi” deb oʻylab taskin oladi va shunday boʻladi ham. Voqealar rivojida otasining barcha haqiqatni bilishidan xabar topgan Fotima uyga qaytib borishga betlamaydi va oʻzi istaganidek ,, erkin” yashay boshlaydi.Buni qarangki u shu hayotidan toʻla mamnun boʻla olmaydi, ichini nimadir sassiz kemiradi. Modelllik hayotida unga uchragan shahvatli rahbarlar, dinini bir pulga chaqadigan, hayosiz, nomussiz kasbdoshlar, maʼnosiz hayot uni pushaymon qilishga va otasining bebaho soʻzlari-yu islomiy ilmlarini toʻliq anglab qadriga yetishga sabab boʻladi. Asarda meni hayajonga solgan Fotimaning quyidagi nutqi edi:,, Yo Ollohim, nega oʻzim istagan hayotga erishsam- da bundan rohatlana olmayapman, boshqalardek erkin boʻlolmayapman, mendan dinimni ol” deb avval yolvorib, keyin istigʻfor aytishidir. U ,, u bunday zulmatda hech qachon ,,erkin” boʻla olmasligini , haqiqiy ERKINLIK asli Islomda ekanligini anglab yetadi.Unga uchragan qizlar hammasi ham yomon boʻlmaydi , masalan oʻz qilmishlari gunoh ekanligini, tavbaʼ qilishni xohlaydigan Laylo, Bonu , Oʻzlem kabi kitob soʻngida Fotimaning urinishlari tufayli toʻgʻri yoʻlga qadam qoʻygan ajoyib obrazlar ham menda yaxshi taassurot qoldirdi.

Xotimaga kelsak, Fotima dugonalarini hidoyat etib, oʻzi esa olgan bilimlar, goʻzal tarbiya, benuqson , mehribon dinimiz– Islomimiz hech qachon foydasiz boʻlmasligini, aksincha qora zulmatda adashib qolganimizda yoʻlimizni yoritguvchi toʻlin oy boʻlishini fahmlab, qalbi daryo va shafqatli ota- onasining yoniga qaytadi.

 

Sharh muallifi: Almanova Oypopuk Javli qizi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications