Imtiyozli pensiya qanday rasmiylashtiriladi?

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʼyxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega boʼladilar, chunonchi:

Yoshidan qatʼi nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli roʼyxati;

Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʼrsatkichlarning 2-sonli roʼyxati;

Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va koʼrsatkichlarning 3-sonli roʼyxati.

Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.

Yoshidan qatʼi nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʼladilar:

a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari boʼlgan xodimlar-basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan boʼlsalar (1-sonli roʼyxat, I qism);

b) bevosita yer osti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) koʼmir, maʼdanlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida toʼliq ish kuni davomida band boʼlgan xodimlar-basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan boʼlsalar (1-sonli roʼyxat, II qism);

v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy boʼysunuvidan qatʼi nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-sonli roʼyxat, III qism).

Yuqorida qayd etib oʼtilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) koʼra uchish ishlaridan boʼshatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini-erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan boʼlsalar;

g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:

ijodiy ish staji kamida 20 yil boʼlganda (1-sonli roʼyxat, IV qism);

ijodiy ish staji kamida 25 yil boʼlganda (1-sonli roʼyxat, V qism);

ijodiy ish staji kamida 30 yil boʼlganda (1-sonli roʼyxat,VI qism);

d) sportchilarning ayrim toifalari-ish staji kamida 20 yil boʼlganda.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications