Intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash tartibi qanday?

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar Innovasion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Dastlabki ro‘yxatni shakllantirishda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazishdan va qo‘llab-quvvatlashdan kutilayotgan quyidagi natijalarga amal qiladi:

ilmiy yoki iqtisodiy samaradorlik;
ishlab chiqarishda foydalanishdagi samaradorlik;
yuqori texnik natija;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish qobiliyati;
ijtimoiy muammolar yechimini ta’minlashi va boshqalar.
Intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va kuchda saqlab turishni moliyalashtirish:
Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi, tegishli buyurtmanoma bergan ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasi va xorijiy patent idorasi (patent idorasi agenti) o‘rtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications