Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boʻlinmalarida hududiy eksport shtablari tashkil etiladi

“2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boʻlinmalarida joylashtirgan holda doimiy faoliyat yurituvchi hududiy eksport shtablari tashkil etiladi.

2021-yil 1-fevraldan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish ajratiladi.

2021-yil 1-apreldan mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications