O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy Protsessual Kodeksi 265-moddasida davlat boji va
pochta xarajatlari to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlar apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinishi
belgilab qo’yilgan.
Bundan kelib chiqadiki, apellyatsiya shikoyati kiritilganda davlat boji bilan birga pochta xarajati ham to’lanishi kerak. Demak, apellyatsiya shikoyatini kiritayotganingizda birinchi instantsiya sudining qarori bilan da’vogar tomonidan to’lanib, undirilishi sizga yuklatilgan davlat boji miqdorining yarmi miqdorida davlat boji to’laysiz.