Iqtisodiy sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan undiriladigan davlat boji miqdorlari

Iqtisodiy sudlarga beriladigan:
a) mulkiy xususiyatga ega da’vo arizalaridan da’vo bahosining 2 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda
b) nomulkiy xususiyatga ega da’vo arizalaridan BHMning 10 baravari
v) tashkilotlar va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalardan BHMning 3 baravari
g) xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha da’vo arizalaridan BHMning 10 baravari
d) apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan shikoyatlardan birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish uchun arizalar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi
Izoh. Mulkiy xususiyatga ega nizolar bo‘yicha davlat boji nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan stavkalar.
e) sud hujjatlarining dublikatlarini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ishlardan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun hujjatning har bir beti uchun BHMning 2 foizi
j) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan BHMning 2 baravari
Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilish chog‘ida ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.
z) chet davlat sudlari va arbitrajlar qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi arizalardan BHMning 2 baravari
3. Ma’muriy sudlarga beriladigan:
a) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha
fuqarolardan BHMning 5 baravari
yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan BHMning 20 baravari
b) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha
fuqarolardan BHMning 1 baravari
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan BHMning 10 baravari
v) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvini ro‘yxatga olish rad etilganligi yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan (shikoyatlardan) BHMning 1 baravari
g) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganlik ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha
fuqarolardan BHMning 1 baravari
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan BHMning 10 baravari
d) apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan shikoyatlardan arizalar (shikoyatlar) berilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan stavkaning 50 foizi
e) sud hujjatlarining dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini, shuningdek taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga binoan sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berish to‘g‘risidagi arizalardan hujjatning har bir beti uchun — BHMning 2 foizi
Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilish chog‘ida ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.

 

Bizni telegramda kuzatib boring

@civil_uz

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications