Iqtisodiy sudlarga beriladigan: | ||
a) mulkiy xususiyatga ega da’vo arizalaridan | da’vo bahosining 2 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda | |
b) nomulkiy xususiyatga ega da’vo arizalaridan | BHMning 10 baravari | |
v) tashkilotlar va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalardan | BHMning 3 baravari | |
g) xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha da’vo arizalaridan | BHMning 10 baravari | |
d) apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan shikoyatlardan | birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish uchun arizalar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi | |
Izoh. Mulkiy xususiyatga ega nizolar bo‘yicha davlat boji nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan stavkalar. | ||
e) sud hujjatlarining dublikatlarini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ishlardan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun | hujjatning har bir beti uchun BHMning 2 foizi | |
j) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan | BHMning 2 baravari | |
Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilish chog‘ida ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi. | ||
z) chet davlat sudlari va arbitrajlar qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi arizalardan | BHMning 2 baravari | |
3. Ma’muriy sudlarga beriladigan: | ||
a) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha | ||
fuqarolardan | BHMning 5 baravari | |
yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan | BHMning 20 baravari | |
b) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha | ||
fuqarolardan | BHMning 1 baravari | |
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan | BHMning 10 baravari | |
v) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvini ro‘yxatga olish rad etilganligi yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan (shikoyatlardan) | BHMning 1 baravari | |
g) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganlik ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha | ||
fuqarolardan | BHMning 1 baravari | |
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan | BHMning 10 baravari | |
d) apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan shikoyatlardan | arizalar (shikoyatlar) berilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan stavkaning 50 foizi | |
e) sud hujjatlarining dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini, shuningdek taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga binoan sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berish to‘g‘risidagi arizalardan | hujjatning har bir beti uchun — BHMning 2 foizi | |
Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilish chog‘ida ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi. |