Ish haqidan ushlab qolish tartibi qanday?

Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi mumkin.

  • belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
  • sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
  • oldindan berilgan maqsadli pullar bo‘yicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;
  • mehnat ta’tili bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun;
  • xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun;
  • intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications