Ishga qabul qilishda dastlabki sinovni o’tash tartibi qanday?

Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo‘llashdan maqsad:

  • xodimning topshirilayotgan ishga layoqatini tekshirish;
  • xodim ishni davom ettirishining maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelish.

Dastlabki sinov qo‘llanilmaydigan xodimlar ro‘yxati:

  • homilador ayollar, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
  • aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobiga yuborilgan shaxslar;
  • ta’lim muassasasini tamomlagan kundan boshlab 3 yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar;
  • 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuziladigan shaxslar.

Sinov muddati 3 oydan oshib ketishi mumkin emas.

Dastlabki sinov natijasi:

  • Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Bunday holda ish beruvchi mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgandagina bekor qilishi mumkin.
  • Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo‘l qo‘yiladi.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications