Ishsizlarga moddiy yordam qanday hollarda to’lanadi?
Ishsizlik nafaqasi olish muddati tugaganidan keyin quyidagi maqsadlarga eng kam oylik ish haqining 2 barabarigacha bir martalik moddiy yordam to‘lanishi mumkin:
- tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlariga jamoat transportida borish uchun (o‘rnatilgan normadan yuqori bo‘lsa);
- statsionar davolanish muassasalarida ovqatlanish xarajatlariga;
- kommunal to‘lovlari uchun;
- dafn marosimlari uchun (o‘zining yoki a’zolarining);
- boshqa zaruriy xarajatlar (agar boshqa manba bo‘lmasa).
Ushbu bir martalik moddiy yordam tuman (shahar) hokimliklari yoki bandlikka ko‘maklashish markazlaritomonidan tayinlanadi.
Categories:
Mehnat huquqi