Bosh sahifa / Mehnat huquqi / Ishsizlik / Ishsizlarga stipendiya to’lash tartibi

Ishsizlarga stipendiya to’lash tartibi

Stipendiya tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan qayta o‘qiyotgan (malaka oshirayotgan) davr uchun quyidagi miqdorda to‘lanadi:

  • ishidan mahrum bo‘lgan shaxslarga (qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz shaxs bo‘lsa) oldingi o‘rtacha ish haqining kamida 75% miqdorida;
  • ishidan mahrum bo‘lgan shaxslarga (qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz shaxs bo‘lmasa) oldingi o‘rtacha ish haqining 50% miqdorda, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • ilgari ishlamagan hamda bir yildan ortiq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga eng kam oylik ish haqi miqdorda.

Tashkilot tugatilishi yoki shtat qisqartirilishi tufayli o‘qiyotgan shaxslarga ish beruvchi (pul bo‘lmasa, bandlikka ko‘maklashish markazi) tomonidan 3 oy davomida, oldingi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi.

0