Ishsizlik nafaqasi kimlarga va qay tartibda beriladi?
Ishsizlik nafaqasi tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan:
- ishdan va ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxsga 26 kalendar hafta davomida oyiga avvalgi ish joyidagi o‘rtacha ish haqining 50% miqdorida (202 730,00 so‘mdan kam bo‘lmasligi va o‘rtacha ish haqidan ko‘p bo‘lmasligi lozim);
- bir yildan ortiq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga 26 kalendar hafta davomida oyiga mutaxassisligi bo‘lsa 202 730,00 so‘m, mutaxassisligi bo‘lmasa 152 047,50 so‘m;
- ilgari ishlamagan shaxsga 13 kalendar hafta davomida oyiga 152 047,50 so‘m miqdorida tayinlanadi.
Ishsizlik nafaqasi oluvchilarning majburiyatlari:
- ish qidirishi;
- har 2 haftada kamida bir marta tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markaziga ishga yoki kasbga (qayta) tayyorlashga, malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun murojaat qilishi shart.
Ushbu talab uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarilmaganda, ishsizlik nafaqasini to‘lash 3 oygacha muddatga to‘xtatib qo‘yilishi yoki nafaqaning miqdori kamaytirilishi mumkin.
- ishsiz shaxs kasbga o‘rganish, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga yuborilgan bo‘lsa, — stipendiya olib kasb o‘rganish, qayta tayyorlashdan o‘tish yoki malaka oshirish davrida;
- ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursini o‘tayotgan bo‘lsa, bunday muassasada bo‘lgan davrida;
- ishsiz shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan bo‘lsa, bunday ishlarda ishtirok etgan davrida.
Ishsizlik nafaqasi to‘lash quyidagi hollarda bekor qilinadi:
- shsiz shaxs ishga joylashganda;
- ishsiz shaxs taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan taqdirda;
- qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkak haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda;
- ishsiz pensiya ta’minoti huquqini olgan taqdirda;
- sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilganida;
- ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrda mahalliy mehnat organini xabardor qilmay vaqtincha ishga joylashgan bo‘lsa;
- ishsizlik nafaqasini aldov yo‘li bilan olayotgan bo‘lsa;
- ishsiz shaxs vafot etgan taqdirda.
Categories:
Mehnat huquqi