Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni qabul qilish tartibiga oʻzgarishlar kiritildi

“Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

Unga koʻra,

ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablariga oʻquvchilar 5-sinfdan (avval 2-sinfdan), maktab-internatlarga 7-sinfdan (avval 5-sinfdan) qabul qilinadi;

ixtisoslashtirilgan sinflarga hujjatlar har yili 1–30-iyun kunlari (avval 1-30-iyul) qabul qilinadi;

oʻquvchilardan talab etiladigan hujjatlar soni 5 dan 3 taga qisqartirildi;

ixtisoslashgan maktablarga saralash tanlovlari endilikda Davlat test markazi tomonidan (avval maktab komissiyasi) oʻtkaziladigan boʻldi;

saralash natijalariga koʻra ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga ballar ketma-ketligi boʻyicha (avval 70 foizdan yuqori boʻlsa) belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications