Jak Ma: Muvaffaqqiyat uchun 10 maslahat

Rahbar xodimdan nimasi bilan farq qiladi?

1.Kompaniya rahbari texnik bilimlarini xodimlar saviyasi bilan solishtirmasligi darkor. Xodimlarning texnik salohiyati har doim rahbarnikidan yuqori bo’lishi lozim.

2. Rahbar kompaniya rivoji bilan bog’liq omillarni bir necha yil oldindan ko’ra olishi kerak.

3. Rahbar qat’iy fe’l-atvorga ega bo’lishi shart, bu oddiy xodimlar bajara olmaydigan vazifalarni bajarishda qo’l keladi.

4. Rahbar taqdir zarbalariga tayyor bo’lishi va inqirozlarni matonat bilan yenga olish xususiyatiga ega bo’lishi kerak.]

Siyosatdan uzoqroq yuring

1Siyosat va pul kamdan-kam hollarda bir kishining qo’lida bo’lishi mumkin. Agar siyosat olamiga qadam qo’ysangiz, biznesni unuting. Va aksincha. Pul siyosat bilan to’qnash keldimi, bu gugurtning dinamitga yaqinlashishi bilan barobar – portlashni kutavering.

Zamonaviy yoshlarga to’rt maslahat

1. Haqiqiy mag’lubiyat nima? Haqiqiy mag’lubiyat bu kurashishdan to’xtashdir.

2. Moslashuvchanlik nima? Omadsizliklarga uchraganingizda, hayotda og’ir vaziyatlarga tushib qolganingizda moslashuvchanlik nima ekanligini tushunasiz.

3. Burchingiz nimalardan iborat? Sizning burchingiz mehnatsevar bo’lish va boshqalarga nisbatan ko’proq maqsadlarni ko’zlashdir.

4. Faqat ahmoqlargina gapirish uchun og’zidan foydalanishadi. Aqlli inson miyasi bilan, dono esa qalbi bilan gapiradi.

Hayotdan zavqlaning

Men doim o’zimga biz ishlash uchun emas, hayotdan zavqlanish uchun dunyoga kelganimizni ta’kidlayman. Butun vaqtimizni ishlashga emas, boshqa insonlarning hayotini yanada yaxshilashga sarflashimiz kerak. Agar bor vaqtingizni ishga sarflasangiz, ertami-kechmi bundan afsuslanasiz.

Raqobatchilar va raqobat haqida

1. Ahmoqlargina raqobatchilarga yomon ko’z bilan qaraydi.

2. Agar atrofingizdagilarga dushmandek munosabatda bo’lsangiz, ular ham sizga dushman sifatida yondashadilar.

3. Raqobatda nafratdan qoching, bu sizni inqirozga yetaklaydi. Raqobat xuddi shaxmat o’yiniga o’xshaydi. Yutqazsangiz, yana bir marta o’ynashingiz mumkin. Mushtlashish shart emas.

4. Xaqiqiy tadbirkorning dushmani bo’lmaydi. Buni anglab yetganingiz zahoti sizni hech kim to’xtatolmaydi.

Nolish va shikoyatlar haqida

1. Ba’zida hayotdan nolisangiz buning qo’rqinchli joyi yo’q. Agarda tez-tez tushkunlikka tushsangiz va tinmay hayotdan noliyversangiz, bu ichkilikbozlikka o’xshab qoladi – qancha ko’p ichsangiz, to’xtashingiz shunchalik qiyin bo’lib boradi.

2. Muvaffaqiyatga erishgan insonlar hech qachon shikoyat qilishmaydi.

3. Odamlarga sizning nima deyishingizning sariq chaqalik ahamiyati yo’q, sizning nima qilishingiz muhimroq.

Tadbirkorlarga maslahatlar

1. Haqiqiy imkoniyatlar hech kim ko’rmaydigan joyda bo’ladi. Agar majlisda biror taklifni yig’ilganlarning 90 foizi ma’qullasa, o’sha taklifdan voz kechaman. Sababi oddiy: agar bu imkoniyatni shuncha odam ko’rib turgan bo’lsa, demak, buning ustida boshqa ko’plab kompaniyalar ish olib bormoqda va bunda yetakchilik qilishimiz qiyin bo’ladi.

2. Xodimlaringiz ishga jon-dili bilan kelishlariga harakat qiling.

3. 2001 yili men xatoga yo’l qo’yganman. Kompaniyaga men bilan birgalikda asos solgan xodimlarimga ularning eng yuqori lavozimi menejerlik ekanligini bildirdim. Vitse-prezident va undan yuqori darajadagi lavozimlar uchun tashqaridan yetakchi insonlarni topish kerak, deb o’yladim.

4. Yillar o’tdi, kompaniyaga yollangan o’sha yetakchilarning birortasi ham bizda ishlamayapti, ammo men ishonmagan o’sha hamkasblarim vitse-prezidentlik va undan katta lavozimlarda ham mohirlik bilan ish yuritishmoqda.

5. Mijozlar birinchi o’rinda turishadi. Ikkinchi o’rinda xodimlar. Va nihoyat, uchinchi o’rinda aktsiyadorlar turishadi.

6. Boshqalar sezishidan oldinroq yangi sharoitlarga moslashing. Pul haqida, uni qanday topish mumkinligi haqida unuting.

7. Men quyidagi tamoyilga amal qilaman: sening qobiliyatingdan ko’ra ishga bo’lgan munosabating va qabul qiladigan qarorlaring muhimroq. Hammani bir xilda o’ylashga majbur qila olmaysiz, ammo barchani yagona maqsadga ishontirish mumkin.

8. Xodimlaringizni siz bilan bir xil o’ylashga majburlashga urinmang, buning imkoni yo’q. Siz bilan birga ishlayotganlarning uchdan bir qismi sizga ishonmaydi. Ularning “shaxs uchun” ishlashiga yo’l qo’ymang. Buning o’rniga, ularni bir umumiy maqsad atrofida birlashtiring. Odamlarni yetakchi atrofida yig’ishdan ko’ra umumiy g’oya atrofida yig’ish osonroq.

9. Qanchalik uzoqqa borishingizni sizning munosabatingiz belgilab beradi.

Tadbirkorlik haqida

1. Ko’pincha yaxshi imkoniyatni tushunarli qilib aytib berish qiyin bo’ladi. Juda oson tushuntirib beriladigan narsa esa yaxshi imkoniyat bo’lib chiqmaydi.

2. Hamkor sifatida sizning qobiliyatingizni to’ldiradigan insonni tanlang. Sizga, albatta, muvaffaqiyatga erishgan inson bo’lishi shart emas.

3. Yaxshi odamlarni emas, to’g’ri odamlarni tanlang.

4. Dunyoda eng mo’rt narsa odamlarning o’zaro munosabatidir.

5. “Tekin” – judayam qimmatbaho so’z.

6. Bugun oson bo’lmaydi, ertaga qiyin bo’ladi, ammo indinga hammasi yaxshi bo’ladi.

Nimalarga yo’l qo’ymaslik kerak?

1. Tadbirkor uchun eng yomon xususiyatlar: dangasalik, vaziyatni to’g’ri baholay olmaslik, yuqori sur’atda ish boshlash va uni davom ettirishga imkoniyat topa olmaslik, oldinga qaray olmaslik.

2. Agar raqobatchilaringiz haqida hamma narsani bilmasangiz yoki ularni mensimasangiz yoxud ulardan keladigan xatarni ko’rmasangiz, u holda, albatta, mag’lubiyatga uchraysiz.

3. Raqobatchingiz sizdan kichikroq yoki o’ta zaif bo’lsa ham unga tenglardek munosabatda bo’ling. Agarda
raqobatchingiz sizga nisbatan o’ta yirik bo’lsa, undan cho’chimang.

O’z biznesiga ega bo’lish haqida

O’z biznesingizni boshlaganingiz doimiy daromaddan, ta’tillar va yillik mukofotlardan voz kechganingizni bildiradi. Boshqa tomondan esa bu daromadlaringiz mutlaqo cheklanmaganligini, o’z vaqtingizni samarali sarflashingizni, birovlarga qaram bo’lib qolmasligingizni anglatadi. Agar qarorlaringiz tengdoshlaringizning qarorlaridan boshqacha bo’lsa, hayotingiz ham ularnikidan u yoki bu darajada farqli bo’ladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications