
Jamoa shartnomasi nima?
Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat hisoblanadi.
Jamoa shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
- mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;
- narxlarning o‘zgarib borishi, inflyatsiya darajasiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
- xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatib olish shartlari; ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddatlari;
- xodimlarning, shu jumladan ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari; ishni ta’lim bilan qo‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
- ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta; shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari.
Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxona, tashkilot va muassasaning barcha xodimlariga tatbiq etiladi.
Categories:
Mehnat huquqi