Jamoat xavfsizligini ta`minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish yanada takomillashtiriladi

So’nggi yillarda barcha sohada bo’lgani kabi, sud – huquq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni jilovlash bo`yicha sezilarli o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan Ichki ishlar organlari tizimida ham o`zgarishlar guvohi bo’lmoqdamiz. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 26 mart sanasida qabul qilingan “Jamoat xavfsizligini ta`minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlarining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-6196 son Farmoni hamda 2021 yilning 2 aprel kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta`minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida”gi PQ-5050 sonli qarorlarin misol qilib keltirishimiz mumkin. Ushbu normativ huquqiy hujjatlar yordamida Ichki ishlar organlari tizimida qator yangi chora tadbirlar amalga oshirilishi belgilab berildi. Jumladan, Mahalla
huquq-tartibot maskani to`g`risida” nizom qabul qilindi. Nizomga ko`ra, shu yilning 1-sentabriga qadar profilaktika inspektori vakolatiga kiruvchi ma`muriy huquqbuzarliklar bo`yicha  ish yurituvni elektron rasmiylashtirish va tegishli sudga onlayn tarzda yuborish hamda qatnashish imkoniyatini beruvchi dastur yo’lga qo’yiladi.

Belgilangan hududda jamoat xavfsizligini ta`minlashda yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish uchun profilaktika inspektori har oyda tuman(shahar) hokimlari bilan uchrashadi. Profilaktika inspektori jamoat xavfsizligini ta`minlash ahvoli bo`yicha har yarim yilda xalq deputatlari tuman(shahar) Kengashiga hisobot beradi. Har bir xonadon va oilalarda  huquqbuzarliklar va ularga ta`sir etuvchi omillarni o`rganish va bartaraf etish uchun “xavfsiz xonadon” va “xavfsiz hovli “tizimi yo`lga qo`yilishi belgilab berildii.

Ichki ishlar organlarining elektron ma`lumotlar bazasi umumlashtirilib, yagona platformaga birlashtirildi va “E-ichki ishlar organlari” axborot tizimi shakllantiriladi.

Ichki Ishlar vazirligi, Milliy Gvardiya va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar Ichki Ishlar bosh boshqarmasi huzurida Yagona Tezkor boshqaruv markazi tashkillashtirish taklifi maqullandi. Poytaxt hududida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni uzluksiz monitoring qilish, favqulodda holatlar haqidagi xabarlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, ommaviy huquqbuzarliklar yuzaga kelgan taqdirda vakolatli idoralarning harakatlarini markazlashgan holda muvofiqlashtirish hamda jamoat xavfsizligini ta`minlashga jalb etilgan Ichki ishlar organlari, Milliy Gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining tegishli kuch va vositalarini boshqarish ushbu markazning asosiy vazifasidir.

“Xavfsiz ta`lim muassasasi” tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta`limi vazirligi bilan hamkorlikni amalga oshiriladi. Bunda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish uchun tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida voyaga yetmaganlar masalalari bo`yicha inspector-psixolog lavozimi tashkil etildi. Ushbu lavozim uchun Ichki ishlar organlari 2000 ta shtat ajratadi. Inspektor psixologlar bevosita umumiy o`rta ta`lim muassasalarida faoliyat olib borishadi. Huquqbuzarlikka moyil bo`lgan voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari bilan manzilli ishlar olib borish va yosh avlodni huquqbuzarlikka qarshi murosasiz bo`lish hissini shakllantirish inspektor-psixologning vazifasidir.

Mazkur qarorda jazoni ijro etish organlari faoliyatiga doir yangi o`zgarishlar ham kiritilgan. Qarorga binoan, jazoni ijro etish departamenti tashkil etilib, ushbu faoliyat raqamlashtiriladi. Bu orqali jazoni ijro etish muassasalari va hibsxonalarida korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish, mahbuslarni saqlash holatini to`liq avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish hamda qat`iy intizom va qonuniylikni ta`minlash ko`zda tutilgan. Raqamlashtirish chorasi yordamida mahkumlarning shaxsi va xulq-atvori haqida elektron baza shakllantiriladi va shu orqali mahkumlarni taqsimlash jarayoni tartibga solindi. Mahbuslar qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni xarid qilish uchun maxsus elektron do`konlar tashkil etiladi. Jazoni ijro etish muassasalarida yangi lavozimlari tashkil etildi ya`ni jazoni ijro etish departamenti boshlig`ining axborot texnologiyalari hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo`yicha o`rinbosarlari va jazoni ijro etish muassasalari boshliqlarining ishlab chiqarishni rivojlantirish bo`yicha o`rinbosari.

Yangi qaror orqali Ichki ishlar organlari uchun davlat standartiga mos keladigan yetuk kadrlarni tayyorlash sohasi ham takomillashtirildi. Ichki ishlar organlarida ma`naviy marifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo`lib, organ xodimlari, harbiy xizmatchilar va kadrlarni yangi darajaga chiqarish uchun chiqarilgan. Ushbu qarorda ichki ishlar organlarida ma`naviy-marifiy ishlarni amalga oshirish konsepsiyasining asosiy maqsadi,vazifalari, yo`nalishlari, uni amalga oshiruvchi mexanizm va bu konsepsiyadan kutilayotgan nartija haqida ma`lumotlar batafsil keltirib o`tilgan. Bu konsepsiya orqali ularning dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma`naviy va intelektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori ma`suliyat bilan yondoshishga undaydi. Ichki ishlar organlarining ta`lim muassasalari va quyi bo`g`indagi organlarda ko`rgazmali vositalardan foydalanilgan holda vatanparvarlik burchaklari tashkil etiladi. Unda Ichki ishlar vazirligining bayrog`i, emblemasi,muhim tarixiy sanalar, davlat mukofotlari va ko`krak nishonlari va unga sazovor bo`lgan xodimlar,  “Temur tuzluklari” asari, buyuk allomalar haqidagi stendlar, xizmat chog`ida mardonavor halok bo`lgan xodimlariga oid  ma`lumotlar va ularga bag`ishlangan “Ichki ishlar organlarining mard o`g`lonlari” nomli kutobi,   ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan xizmatchilar, Afg`onistondagi harbiy harakat qatnashchilari, jangarilar bilan jang qilganlar va Chernobil AESdagi fojiani bartaraf etishga jalb etilganlarning faoliyatiga oid lavhalar joy olgan.

Ichki ishlar organlarining ta`lim muassasalarida yangi fanlar tashkil etiladi ya`ni

Ixtisoslashtirilgan maktab-internat va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Ichki ishlar organlari tarixi” va”Vatanparvarlik asoslari” fanlari kiritildi. Undan tashqari idoraviy litseylarda “Ma`naviyat asoslari” fani o`qitiladi. Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida esa yangi uchta fan shakillantiriladi. Bunda “Ichki ishlar organlarida xodimning muomala odobi va estetikasi”, ”Vatanparvarlik tarbiyasi”, ”Kasbiy madaniyat” fanlarini o`qitish nazarda tutiladi.

Ichki ishlar organlari tizimida har haftada “Vatanparvarlik kuni” tadbirlari tashkil etiladi. Shu qarordagi chora-tadbirlar to`laqonli tatbiq etiladigan bo`lsa, Ichki ishlar organlari tizimi tashkiliy va sifat jihatdan yuqori darajaga ko`tarilishi muqarrardir. Bu kabi qarorlar nafaqat ichki ishlar organlariga balki butun O`zbekiston ravnaqiga o`z hissasini bo`shishi shubhasizdir va men bunga ishonaman.

Orzumurod Mamanazarov
Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali 1- bosqich talabasi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications