Jinoiy jazolarni ijro etish muassasalarida mahkumlarning huquqiy holati

Bizga malumki, jinoyat sodir etgan har bir shaxs uning ijtimoiy xavfli qilmishi qanday asoslarda sodir etilganligidan qat’i nazar jinoyat kodeksidagi jinoyatning jazoga sazovorligi prinsipi asosida javobgarlikka tortiladi. Mana shunday jazoga sazovor harakatni sodir etganligi uchun jazo o’tayotgan shaxslar ham Jinoyat-ijroiya kodeksi hamda boshqa qonunlarda belgilangan istisnolar hamda cheklashlar bilan O’zbekiston Respublikasi fuqorolari uchun belgilangan huquqlar, erkinliklar hamda majburiyatlarga ega bo’ladilar.

Mahkumlarning asosiy huquqlari sifatida quyidagilarni takidlab o’tish joiz:

– Jazoni o’tash tartibi va shartlari to’grisida, o’z huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish

Mazkur huquq orqali jazo o’tayotgan mahkum tayinlangan jazo xususiyatidan kelib chiqadigan tartib va shartlar xususida axborot olishi uning jazoni o’tashda huquqiy xatolarga qo’l urib qo’yishining oldini oladi. Hamda uning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirilishi o’z huquqlarini amalga oshirish orqali jazo ta’sir chorasini o’tashda adolatlilik prinsipi qaror topishiga ko’maklashadi.

  • Jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoalarga o’z ona tilida yoki boshqa tilda ariza, shikoyatlar berish;
  • o’z taklifi, ariza va shikoyatiga murojaat etgan tilida javob olish;
  • tushuntirishlar berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimon xizmatidan foydalanish.

Ushbu huquq Respublikamiz fuqorolari uchun Konstitutsiyamizning 35-moddasida kafolatlangan siyosiy huquqdir. Mahkumlar jazoni ijro etish vaqtida ushbu huquqni amalga oshirish orqali o’zlarining huquqlarini to’laqonli himoya qilib, o’zining fikr-mulohazalarini erkin bildirish kafolatidir.

Bizga ma’lumki, yurtimizda 130 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ushbu holatni inobatga olgan holda ariza, shikoyat va takliflar o’z ona tilida yoki boshqa tilda berilishi kafolatlangan. Bu jaroyonning huquqiy asosi , ,,O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, O’zbekiston Respublikasi ,,Davlat tili to’g’risida” gi qonuni va boshqa huquqiy asoslarda keltirib o’tilgan.

Mahkumlar shuningdek:

  • o’quv va boshqa badiiy va boshqa xil axborotlardan foydalanish;
  • sog’ligini saqlash;
  • Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish;
  • xavfsiz mehnat sharoitida ishlash;
  • ijtimoiy ta’minot olish kabi bir qator huquqlarga ega.

Mamlakatimiz Demokratik yo’lni tanlagani bois mustaqillikning ilk kunlaridayoq Inson va Inson qadri oliy qadriyat darajasiga ko’tarildi. Mana shu tanlagan yo’limiz davomida Inson omilini yuksaltirish borasida 30 yillikda sezilarli o’zgarishlar amalga oshirildi. O’lim jazosining bekor qilinishidan tortib to bugungi kun islohatlari bilan fikrimizni asoslasak bo’ladi. Bu islohotlar shabadasi nafaqat erkin insonlar hamda mahkumlarning ham ko’kragiga tegib ularni inson sifatida qadri o’sishiga ko’mak bo’lmoqda. Xususan, yaqinda qabul qilingan eng kenja Kodeksimiz , ,,Saylov kodeksi”da ham Mahkumlarning ayrim toifalariga saylov huquqining berilishi ushbu fikrimizning isbotidir. Shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha o’gir bo’lmagan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat ,tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovida ishtiroki kafolatlangan. Bu ham bevosita inson omiliga borib taqladigan islohotdir .Mana shu islohatning uzviy davomi sifatida og’ir hamda o’ta o’gir jinoyati uchun birinchi marotaba, muddatli ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarning jazo muddatini go’nggi ikki yili agarda saylovlarga to’g’ri kelib qolsa, ularning ham saylovda ishtiroki ta’minlansa, insonparvarlik islohotning oliy ko’rinishi bo’lgan bo’lar edi. Chunki bu shaxslar ozodlikka chiqqach, albatta, saylagan vakillari hamda Prezidenti amalga oshirayotgan ishlar hamda siyosiy jarayonlarning bevosita ishtirokchisiga aylanadi.

Ashurov Islomjon

Qoraqalpoq davlat universeteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo’nalishi 3-kurs talabasi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications