Jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lash tartibi qanday?

Daromad solig‘ini to‘lash ikki usulda amalga oshiriladi:

  • daromad manbaida;
  • daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida.

Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni daromad manbaida to‘lash – jismoniy shaxsga soliqqa tortiladigan daromadni beradigan yuridik shaxs (to‘lov manbai) tomonidan to‘lanishi degani.

Masalan, “ish beruvchi – xodim” munosabatlarida daromad manbai “ish beruvchi” hisoblanadi. Ya’ni, siz biror tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlasangiz, daromad solig’i sizning nomingizdan tashkilot tomonidan to’lnadi.

Dividend to‘lashda esa korxona daromad manbai hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, daromad solig‘ini hisoblash va to‘lashni yuridik shaxslar amalga oshiradi. Shu asnoda, daromad oluvchi jismoniy shaxs qo‘shimcha soliqlar to‘lash majburiyatlaridan holi.

Jismoniy shaxslarning daromad manbaida ushlab qolinmagan daromadlari (mulkni ijaraga berish, mol-mulkni sotish, O‘zbekiston hududidan tashqarida olingan daromadlar) deklaratsiya qilinishi kerak.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

Bizni telegramda kuzatib boring

@civil_uz

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications