Skip to main content

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i stavkalari qancha?

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga
5 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.

Jismoniy shaxs – O‘zbekiston Respublikasi norezidentining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga, quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:

dividendlar va foizlarga – 10 foiz;

xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlar) – 6 foiz;

mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar va boshqa daromadlarga – 20 foiz.

Categories: Soliq huquqi