Fuqarolik huquqidan olimpiada uchun kazus

Qurilish faoliyati bilan shug’ullanuvchi “Binokor” MCHJ ustav kapitaliga ulush sifatida 200 mln so’mga baholangan binoni kiritib, “Wunderkind” MCHJ xususiy bolalar bog’chasida to’rtinchi ishtirokchiga aylanadi. Shundan so’ng “Binokor” MCHJ rahbari Rasulov, ayni paytda “Wunderkind” MCHJning rahbari etib tayinlanadi. Oradan ma’lum vaqt o’tgach Rasulov “Binokor” MCHJ nomiga tanishi Fayzullayevdan 400 mln so’m qarz oladi hamda “Wunderkind” MCHJni kafil sifatida belgilaydi. Qarzni qaytarish muddati kelganida Rasulov “Binokor” MCHJ balansida mablag’ mavjud emasligini aytib, Fayzullayev talablarini qondirish uchun kafil sifatida belgilangan “Wunderkind” MCHJ hisobidan qarzni uzadi.

Shundan so’ng Rasulov xususiy bog’cha faoliyati yaxshi daromad keltirmayotganligi bois uni “Binokor” MCHJga qo’shib yuborish maqsadga muvofiq ekanligini ta’sischilarga ma’lum qiladi. “Binokor” MCHJning yagona ta’sischisi Rasulova hamda “Wunderkind” MCHJning ta’sischilari Samatov, Qodirov, Shokirov va “Binokor” MCHJ rahbari Rasulovlar bunga roziligini bildirib, har ikki MCHJ ta’sischilarining umumiy yig’ilishi jamiyatlarni qo’shib yuborish yo’li bilan qayta tashkil etish haqida qaror qabul qiladi. Yuridik shaxslarni qayta tashkil etish davlat ro’yxatidan o’tkazilganidan 3 oy vaqt o’tib, ta’sischilar o’rtasida nizo kelib chiqadi hamda Samadov, Qodirov va Shokirovlar kafil sifatida Fayzullayevga to’lab berilgan 400 mln so’m miqdoridagi mablag’larni to’lash to’g’risida Rasulovga talab qo’yadi. Rasulov esa regress talab bo’yicha ushbu majburiyat “Binokor” MCHJ va “Wunderkind” MCHJ qayta tashkil etilganida bekor bo’lganligini ma’lum qilib, mablag’larni to’lashdan bosh tortadi.
Vaziyatga huquqiy baho bering va ish uchun ahamiyatli holatlarni fuqarolik huquqiy tahlil qiling.

Izoh: kazusni muhokama qilishda, undagi muammoli holatlarga to`la aniqlik kiritish va ularni huquqiy asoslantirish ishtirokchining tahlilini yuqori baholashda e’tiborga olinadi.

Izoh:
1) Kazusga berilgan javob tizimli bo`lish uchun huquqiy masalalarni tahlil qilishning istalgan usulidan foydalanish ( masalan, IRAC, IAC va h.k) tavsiya etiladi;
2) Muammolar to‘g‘ri aniqlanib, ularga mos bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llanilishi baholash mezonlaridan biri bo`lib xizmat qiladi.
3) Kazusga javob yuqori saviyadagi mustaqil fikrlash va tanqidiy mushohadani o‘zida aks ettirishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
4) Kazusdagi muammolar tadqiq etilib, ular yuzasidan javob tizimli va to‘liq asoslangan holda yozilishi tahlil sifatini oshiradi.
6) Ish grammatik xatolardan holi tarzda yozilgan va tahrirga muhtoj emasliga ham baholashda inobatga olinadi
7) ishga tekshiruvchining yozma xulosasi berilmaydi.

Fuqarolik huquqidan olimpiada uchun kazus

Olimpiada boshlanishiga

Kazusga javobni yuklash

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications