Kimlar bolani farzandlikka olishi mumkin?

Farzandlikka olishi mumkin bo’lgan shaxslar

Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo’lishi mumkin, quyidagi shaxslar
bundan mustasno:
ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb
topilganlar;
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro’yxatda turuvchilar;
ushbu Oila Kodeksi 169-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan asoslar bo’yicha farzandlikka
olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;
qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar.
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o’n besh yoshdan kam bo’lmasligi
shart, o’gay ota va o’gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasnodir.

152-modda.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications