Ko’chmas mulkning oldi-sotti shartnomasini notarial tasdiqlash tartibi qanday?

Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi

Bir shaxs boshqa shaxsdan koʼchmas mulkni naqd yoki toʼlovni kechiktirishi shartni bilan sotib oladi

Xizmatni olish uchun zarur boʼlgan hoʼjjatlar roʼyxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi koʼrsatilgan

Jismoniy shaxslar uchun:

1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:

  • Oʼzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • 16 yoshga toʼlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma;
  • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʼmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʼyxatga olinishi lozim) yoki Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʼzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • fuqaroligi boʼlmagan shaxs uchun — Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

2.Mulkka boʼlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat.

3. Kommunal xizmatlar uchun toʼlanadigan majburiy toʼlovlar boʼyicha va byudjet oldida qarzi mavjud emasligi, xamda doimiy propiskada boʼlgan shaxslar haqidagi toʼgʼrisidagi maʼlumotnomalar:

  • gaz taʼminoti;
  • sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish;
  • issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʼyicha xizmatlar;
  • elektr energiyasi;
  • soliqlar boʼyicha;
  • turar joyda doimiy propiskada boʼlgan shaxslar haqidagi ichki ishlar organining maʼlumotnomasi;

Izoh: Uchinchi bandida tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan kurьerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʼli bilan «Notarius» ААTdan orqali avtomatik tarzda olinadi. Bunda Oʼzbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali kommunal xizmati tashkilotlaridan qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz taʼminoti boʼyicha 2019 yil 1 yanvardan, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari boʼyicha 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

4.Barcha egalarining roziligi:

  • Mulk umumiy birgalikdagi mulk boʼlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki va va Nikoh haqidagi guvohnomasi), barcha egallarining roziligi;
  • Oʼzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʼmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʼmitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi» davlat unitar korxonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʼgʼrisida maʼlumotnoma
  • Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar vafot etgan taqdirda ularning oʼlim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan koʼchirmasi (nusxasi olib qolinib asli qaytarib beriladi)
  • Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʼgʼrisidagi arizalari

5. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʼrtasida umumiy mulkdagi koʼchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi toʼgʼrisidagi kelishuv.

6. Qurib bitkazilmagan koʼchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʼtkazish boʼyicha bitimni tasdiqlashda mahalliy davlat hokimiyati organining boshqa shaxsga oʼtkazishga ruxsati (turar joylar uchun) va yer uchastkasiga boʼlgan huquqning davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma.

7. Mulk garovga qoʼyilgan boʼlsa, garovga oluvchining roziligi.

8. Notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʼlgan bitimlarni vasiylikdagi shaxs nomidan Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining faqat ruxsati bilan tuzishga haqli.

9. Bitimlar davlat bojining imtiyozli toʼlanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh boʼlgan shaxslar oʼrtasida tuzilayotgan boʼlsa (Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga), ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

10. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).

11. Koʼchmas mulkni Sotib oluvchi tomon Oʼzbekiston Fuqarosi boʼlsa:

  • Toshkent shahri hududida «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʼlgan shaxslar — Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʼyxati toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Roʼyxatning 2, 5 (shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʼyilganligiga uch yil toʼlganligini), 9 — 11 (Toshkent shahri hududida kamida uch yil lavozimda boʼlganligini tekshiradi)-bandlari asosida doimiy propiska qilingan boʼlsa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa.
  • Toshkent shahri hududida «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʼlgan shaxslar — Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʼyxati toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Roʼyxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, yaʼni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — oʼqishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi toʼgʼrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.

12. Koʼchmas mulk Sotib oluvchi tomon chet el fuqarolar hamda fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga:

  • Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish toʼgʼrisidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʼlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar toifalari roʼyxatining (bundan buyon matnda Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar toifalari roʼyxati deb yuritiladi) 2, 3 (shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʼyilganligiga uch yil toʼlganligini) va 6 (Toshkent shahri hududida kamida uch yil lavozimda boʼlganligini tekshiradi)-bandlari asosida doimiy propiska qilingan boʼlsa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa.

13. Koʼchmas-mulk koʼchmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi kerak boʼladi.

14. Yashash guvohnomasiga ega boʼlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar tomonidan koʼchmas mulk uchun shartnoma tuzilgan sanadagi eng kam oylik ish haqining 3 300 baravaridan kam boʼlmagan pul mablagʼlarini sotuvchining bank hisobvaragʼiga oʼtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

15. Zarur hollarda boshqa hujjatlar.

Yuridik shaxslar uchun:

1.Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:

  • Oʼzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʼyxatga olinishi lozim) yoki Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʼzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • fuqaroligi boʼlmagan shaxs uchun — Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

2. Kadastr yigʼmajildi (kadastr pasporti) va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat.
3. Kommunal xizmatlar uchun toʼlanadigan majburiy toʼlovlar boʼyicha va byudjet oldida qarzi mavjud emasligi, xamda doimiy propiskada boʼlgan shaxslar haqidagi toʼgʼrisidagi maʼlumotnomalar:

  • gaz taʼminoti;
  • sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish;
  • issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʼyicha xizmatlar;
  • elektr energiyasi;
  • soliqlar boʼyicha;
  • turar joyda doimiy propiskada boʼlgan shaxslar haqidagi ichki ishlar organining maʼlumotnomasi;

Izoh: Uchinchi bandida tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan kurьerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʼli bilan «Notarius» ААTdan orqali avtomatik tarzda olinadi. Bunda Oʼzbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali kommunal xizmati tashkilotlaridan qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz taʼminoti boʼyicha 2019 yil 1 yanvardan, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari boʼyicha 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

4. Yuridik shaxs vakolatli organining koʼchmas mulkni boshqa shaxsga oʼtkazish haqidagi hujjati (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);

5. Yuridik shaxsga tegishli boʼlgan koʼchmas mulkni boshqa shaxsga oʼtkazish haqidagi yuridik shaxs kuzatuv kengashining qarori taqdim etilgan taqdirda koʼchmas mulkni qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qoʼyilgan maʼlumotnoma hamda yuridik shaxsning sof aktivlari haqida maʼlumot ham talab etiladi.

6. Taraflar oʼrtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).

7. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.

8. Mulkdorning roziligi (agar mulk xoʼjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaxsga tegishli boʼlsa).

9. Yuridik shaxsda yagona taʼsischi boʼlganda, uning turmush urtogʼi (er/xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi va Nikoh haqidagi guvohnomasi.

10. Mulk garovga qoʼyilgan boʼlsa, garovga oluvchining roziligi.

11.Koʼchmas-mulk koʼchmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi kerak boʼladi.

12. Zarur hollarda boshqa hujjatlar.

Boshqa shartlar:

Davlat tashkilotlariga qarashli koʼchmas mulk yoki uning bir qismi sotib olinishi bilan bogʼliq shartnomalarni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar.
2. Kadastr yigʼmajildi (kadastr pasporti) va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat.
3. Kommunal xizmatlar uchun toʼlanadigan majburiy toʼlovlar boʼyicha va byudjet oldida qarzi mavjud emasligi, hamda doimiy propiskada boʼlgan shaxslar haqidagi toʼgʼrisidagi maʼlumotnomalar:

  • gaz taʼminoti;
  • sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish;
  • issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʼyicha xizmatlar;
  • elektr energiyasi;
  • soliqlar boʼyicha;
  • turar joyda doimiy propiskada boʼlgan shaxslar haqidagi ichki ishlar organining maʼlumotnomasi.

Izoh: Uchinchi bandida tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan kurьerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʼli bilan «Notarius» ААTdan orqali avtomatik tarzda olinadi. Bunda Oʼzbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali kommunal xizmati tashkilotlaridan qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz taʼminoti boʼyicha 2019 yil 1 yanvardan, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari boʼyicha 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

4. Oʼzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʼmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʼmitasi yoki uning hududiy organlarining roziligi.

5. Baholovchi tashkilotning hisoboti.

6. Bunda obʼektning qoldiq qiymati Oʼzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining (byudjet tashkiloti tomonidan sotish toʼgʼrisida qaror qabul qilingan paytda) yuz baravari miqdoridan ortiq boʼlmagan taqdirda shartnoma notarial tartibda tasdiqlanadi.

7. Mulkdorning roziligi (agar mulk xoʼjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaxsga tegishli boʼlsa).

8. Mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga tegishli boʼlgan koʼchmas mulk yoki uning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining koʼchmas mulk yoki uning bir qismini sotib olishga ruxsati boʼlgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.

Notarial harakatning ishtirokchilari

Sotuvchi tarafdan:

1. Mulkdor/yoki/Mulkdor va uning qonuniy vakili/yoki/Ishochnoma orqali Mulkdorning nomidan harakat qiluvchi vakili.
2. Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga yetmagan shaxslar bitim ishtiroqchilari boʼlsa Vasiylik va homiylik organlarining xodimi. (zarur hollarda)

Sotib oluvchi tomonidan:

1.Sotib oluvchi/yoki/ Sotib oluvchi va uning qonuniy vakili/yoki/Ishochnoma orqali Sotib oluvchining nomidan harakat qiluvchi vakili.
2.Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga yetmagan shaxslar bitim ishtiroqchilari boʼlsa Vasiylik va homiylik organlarining xodimi. (zarur hollarda)
Izoh: Zarur boʼlsa, shartnomada tarjimon ishtirok etishi mumkin.

Xizmat narxi

  1. Davlat boji.
  2. Gerb yigʼimi.
  3. Notarial xarakatlarni amalga oshirishga doim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish uchun.
  4. Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini tuzish uchun.
  5. “Notarius” Аvtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʼchmas mulk boshqa shaxsga oʼtqazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini haqidagi tekshirilganligi uchun.
  6. Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektro energiyasi boʼyicha qarzdorlikni aniqlash boʼyicha «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron ariza toʼldirilganligi uchun.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications