Koʻp xonali uylardan ayrim turdagi xonadonlarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori belgilandi

“Ipoteka krediti mexanizmlari yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan prezidentning tegishli qaroriga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan xonalarga boʻlinmagan holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori quyidagicha belgilandi:

Toshkent shahrida – umumiy maydoni 60 m² gacha boʻlgan kvartiralar uchun – 264 mln soʻm, 60 m² dan ortiq boʻlganlari uchun – 352 mln soʻm;

boshqa hududlarda – umumiy maydoni 60 m² gacha boʻlgan kvartiralar uchun – 240 mln soʻm, 60 m² dan ortiq boʻlganlari uchun – 320 mln soʻm.

Shuningdek, Farmon bilan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:

2020-yildagi subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallari doirasida subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar va toʻlov muddati 2021-yil 1-iyulga qadar uzaytirildi;

subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga boshqa shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkinligi belgilandi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications