Kundoshli uy – Muhammad Yusuf

Mushtiparu munglig’ sensan,
Ko’zingda yoshlar shashqator.
Na beva, na qalliq sensan,
Oylar chiqib, oylar botar.

Xoh Kumush bo’l, xoh bo’l Zaynab,
Baxtliman deb aytolmaysan.
Kundoshli uyda sen yayrab
Yasholmaysan, yasholmaysan.

Bek bo’lmasa cho’pon — boring,
Bag’ri diling to’lsin ekan.
G’arib bo’lsa hamki yoring,
O’zingniki bo’lsin ekan.

Kundoshli uy vayronadir,
Osh o’rniga — ayron tatir.
Koshonang bo’lsa ham qasr,
G’amxonadir, g’amxonadir.

Xoh Kumush bo’l, xoh Zaynab,
Baxtliman, deb aytolmaysan.
Kundoshli uyda sen yayrab
Yasholmaysan, yasholmaysan.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications