Lev Tolstoy. Anna Karenina. Romandan ostiga chizilgan parchalar

1-QISMDAN

1710-4.jpg

Borliq haqidagi tushunchamiz sezgilar majmuasidan hosil bo‘ladi, bu borliq tushunchasi sezgilar natijasidir. Sezgi yo‘q joyda, borliq ham yo‘q.

Sezgi zamirida taassurot bo‘lsa hamki, biz bu ikki tushunchani bir-biridan qat’iyan farq etishimiz lozim.

(36-bet).

* * *

Ayollar bamisoli murvat — hamma narsa o‘shaning tevaragida aylanadi.

(55-bet).

* * *

Dunyoda ikki toifa xotin bor: biri faqat o‘z huquqini talab etadi; bu huquq — sening sevging, sen sevgingni unga bag‘ishlay olmaysan; ikkinchi toifa xotin esa, borlig‘ini senga qurbon qiladi-yu, sendan hech nima talab etmaydi.

(57-bet).

* * *

Shunday odamlar borki, biron narsada omadi bo‘lgan raqibini ko‘rganlarida undagi yaxshi fazilatlarning hammasidan darhol ko‘z yumushga tayyor turadilar va undagi yomon narsalarnigina ko‘radilar; yana shunday odamlar borki, ular, aksincha, hamma narsadan oldin u baxtiyor raqiblarida o‘zlarini mag‘lub qilgan fazilatlarni topishga harakat qiladilar va yuraklarini achishib bo‘lsa hamki, undan faqat yaxshi xislatlarni axtaradilar.

(68-bet).

* * *

Xotin degan narsa shunday bir olamki, uni qancha o‘rganmagin, yana hamma vaqt undan yangi narsa topasan. Qaysi bir matematik lazzat — haqiqatni topishda emas, uni qidirishda, degan ekan.

(212-bet).

* * *

Muhabbat bo‘lmasa, baxt ham, baxtsizlik ham, hayot ham bo‘lmaydi.

(239-bet).

* * *

Shuhratparast, mansabparast kishining yuragida hech nima yo‘q. Balandparvoz mulohazalar, ma’rifat va ma’rifatga bo‘lgan sevgisi, din-diyonat bularning hammasi baland martabaga erishish yo‘lidagi quroldir, xolos.

(269-bet).

* * *

Qachonki inson o‘zini unutsa-yu, boshqalarga mehr qo‘ysa, shunda uning darrov orom topishi, baxtli va dilovar bo‘lishi mumkinligi isbotlanadi.

(292-bet).

* * *

O‘z muassasalaridagi muhim, ahamiyatli narsalarni darrov payqab oladigan, ularni ardoqlaydigan xalqlarninggina istiqboli bo‘lishi ana shunday xalqlarnigina tarixiy xalq deb atash mumkin.

(322-bet).

* * *

Barcha asrlar falsafasi oldida ko‘ndalang bo‘lib kelgan asosiy masala: shaxsiy manfaat bilan umumiy manfaat orasida mavjud bo‘lgan zarur aloqani topishdan iborat edi.

(322-bet).

* * *

Shaxsiy manfaat negizida qurilmagan faoliyatning hech biri hech qachon mustahkam bo‘lolmaydi.

(322-bet).

* * *

Har narsada qilingan soxtakorlik eng aqlli, eng zehnli odamni aldashi mumkin, lekin soxtakorlik har qancha yashirib berkitilgan bo‘lmasin, eng to‘pos bola ham bilib oladi, bilgandan keyin esa undan jirkanadi.

(347-bet).

* * *

Eski hayotdan, foydasiz bilimdan, hech narsaga kerak bo‘lmagan ilmdan voz kechish kerak.

(358-bet).

* * *

Ayollar — inson faoliyatidagi asosiy g‘ovdir. Xotin kishini ham sevib, ham bir ish chiqarish qiyin. Bunda sevgi xalaqit bermaydigan bitta yo‘l bor — uylanish.

(404-bet).

* * *

Xotinlar erkaklardan ko‘ra dunyoparast bo‘ladi. Erkaklar muhabbatni oliy narsa deb biladi, ayollar esa aksincha.

(405-bet).

* * *

Har qanday taraqqiyot hokimiyat kuchi bilan o‘tkaziladi.

(428-bet).

* * *

Maqsadga erishish uchun og‘ishmay boraverish kerak. Shunday qilinsa murodga yetiladi. Ishlashga, mehnat qilishga arziydigan narsalar bor.

(444-bet).

* * *

Odamlarning mute’ligi va itoatkorliklari kishini noqulay ahvolga tushirsa, talabchanliklari va injiqliklari haddidan oshganda esa tezda jonga tegadi.

(451-bet).

* * *

Falokat kelsa, yolg‘iz kelmaydi.

(467-bet).

* * *

Ravshan tushunib olganingdan keyin, hamma narsa mayda, ahamiyatsiz bo‘lib qoladi.

O‘limni o‘ylaganingda hayot zavqi kamayadi-yu, lekin tinchliging ortadi.

(484-bet).

* * *

Ustunlik hamma vaqt chinakam ta’lim tomonda bo‘lishi kerak.

(497-bet).

* * *

Vazifa – huquq va boylikning jo‘rasi; hokimiyat — pul, sharaf demakdir.

(501-bet).

* * *

O‘zingizdan nafratlanganlarni seving.

(508-bet).

* * *

Dushmanlaringni kechir, ularni yaxshi ko‘r.

(531-bet).

* * *

Dunyoda chorasi topilmaydigan mushkul narsa yo‘q.

(549-bet).

* * *

Erkin fikrlilik darajasiga (inson) faqat o‘zining kurashi va mehnati orqasidangina ko‘tariladi.

(600-bet).

* * *

Hamma narsani rad qilish asosida tarbiya topgan odam – yovvoyi odam.

(600-bet).

* * *

Norozi odamning boshqalarga o‘pka qilmasligi qiyin, eng yaqin kishisiga ham noroziligini aytolmasdan turolmaydi.

(623-bet).

* * *

Har kimda yashash va sevish ishtiyoqi bo‘lsin.

(650-bet).

* * *

Xotini bor odam dunyo tashvishini, xotiniga manzur bo‘lish tashvishini qiladi; xotini yo‘q odam xudoni o‘ylaydi, xudoga manzur bo‘lish g‘amini yeydi.

(661-bet).

* * *

Dunyoda hamma narsa yovuzlikdan iborat. Dunyo turguncha tur-u, dunyo turguncha o‘rgan.

(665-bet).

* * *

Aqlning so‘ziga kir, undan yaxshirog‘ini topa olmaysan.

(743-bet).

* * *

Sarf qilingan mehnatga muvofiq kelmaydigan har qanday daromad – harom. Harom-harish yo‘llar bilan, hiyla-nayrang bilan qo‘lga kiritilgan daromad ham.

(751-bet).

* * *

Agar birovni yaxshi ko‘radigan bo‘lsang, u odam o‘zing xohlaganingcha bo‘lgandagina emas, qanday bo‘lsa, shundayligicha yaxshi ko‘raverasan.

(784-bet).

* * *

Saylanadigan mansabdorlarni yuzlariga qarab emas, xizmatlariga qarab, Vatan saodatini ko‘zlab saylash kerak.

(826-bet).

* * *

Jamoat ishiga xizmat qilishni xohlasang, unda jiddiy va izchil bo‘lishing kerak.

(832-bet).

* * *

Mehnat tagida muhabbat bor. Muhabbat esa tashqaridan kelmaydi, unga buyurib bo‘lmaydi.

(890-bet).

* * *

Inson o‘qimishli kishilarga yarashadigan taxlitda o‘zi uchun yashashi kerak.

(927-bet).

* * *

Hurmatni bo‘sh yerni, muhabbat band qilishi kerak bo‘lgan yerni yashirish uchun o‘ylab chiqarishgan.

(946-bet).

* * *

Odamlarni bir-biriga bog‘lab turgan birdan-bir narsa – yashash uchun kurashu nafrat xolos.

(970-bet).

* * *

Muhabbat tugagan joydan nafrat boshlanadi.

(971-bet).

* * *

Aql insonga o‘zini bezovta qilayotgan narsalardan qutulish yo‘lini topish uchun berilgan.

(975-bet).

* * *

Allohning haqligiga asosiy isbot uning o‘zi kashf etgan saxovatdir.

(1035-bet).

2-QISMDAN

Shaytonning kuchi zo‘r, biz uning vasvasalariga uchmasligimiz kerak. Xudoyi taologa munojot qiling, so‘rang, tilang. Xudoyi taologa munojot qiling…

(8-bet).

* * *

Erk? Erkinlik nima keragi bor? Butun baxt – sevgi va havasda, u nimani orzu qilsa, o‘shani orzu qilish, nimani o‘ylasa, o‘shani o‘ylash ya’ni har qanday erkinlikning bahridan o‘tishda – baxt deb shuni aytadilar (Levinning uylanishi haqidagi o‘ylari).

(13-bet).

* * *

Hamma gaplar ham bebaxtlikdan afzalroq.

(14-bet).

* * *

Mening tarzi hayotim sizga yoqadimi yoqmaydimi, buning men uchun aslo farqi yo‘q; lekin men bilan tanish-bilishlik qilgingiz kelsa, meni hurmat qilishingiz kerak

(32-bet).

* * *

Shubha bor joyda sabr bor.

(91-bet).

* * *

Suyanchig‘imiz – muhabbatimiz, Parvardigor bizga ato qilgan muhabbatimizdir.

(94-bet).

* * *

Har qanday odam baxtimizga raxna soladi, deb o‘ylash – ko‘p yomon narsa.

(176-bet).

* * *

Daromadni ko‘zlagan kishi bosh og‘rig‘iga ham chidab beradi.

(247-bet).

* * *

Ba’zan sevgili kishisi boshqalarda qoldirayotgan ta’sirini aniqlash uchun uni begona odam o‘rnida ko‘rishga intilganlar.

(296-bet).

* * *

Odam bolasi o‘rganib ketmaydigan hech bir sharoit yo‘q; ayniqsa tevaragidagi odamlarning ham shunday yashab turganlarini ko‘rganda, albatta o‘rganasan.

(340-bet).

* * *

Maosh tovar uchun to‘lanadigan haq, shu vajdan talab va taklif qonuniga munosib bo‘lishi kerak.

(359-bet).

* * *

Do‘stlarimizning do‘stlari bizning do‘stlarimiz. Lekin do‘st bo‘lish uchun do‘st qalbidan xabardor bo‘lish kerak.

(374-bet).

* * *

Yog‘dudan mahrum bo‘lmaslik uchun ko‘zlarimizni yummasligimiz kerak.

(376-bet).

* * *

Oila hayotida biron qarorga kelish uchun eru xotin o‘rtasida kuchli adovat yoki muhabbat bo‘lishi kerak. Eru xotin o‘rtasidagi munosabat aniq bo‘lmaganda, ya’ni yuqoridagi shartlarning unisi ham, bunisi ham bo‘lmaganda, hech bir ishga qo‘l urib bo‘lmaydi.

(381-bet).

* * *

Aniqlik og‘izda emas, qalbda bo‘lishi kerak.

(393-bet).

* * *

O‘g‘lining baxtu saodati nimada ekanligini qalbi bilan anglamagan ona –toshyurak xotin.

(393-bet).

* * *

Aql insonga o‘zini bezovta qilayotgan narsalardan qutulish yo‘lini topish uchun berilgan.

(416-bet).

* * *

Odam o‘z nafsi uchun emas, xudo uchun yashashi kerak.

(453-bet).

* * *

Agar saxovatli ish biron sabab bilan qilinsa, demak, u saxovat bo‘lolmaydi; agar uning oqibati -mukofoti bo‘lsa, demak u bu ahvolda ham saxovat bo‘lolmaydi. Demak, saxovat sababdan ham, oqibatdan ham xoli bo‘lishi kerak.

(454-bet).

* * *

Aql yashash uchun kurashni va orzularimning ushalishiga xalaqit beruvchilarning hammasini bo‘g‘ishni talab qilgan qonunni kashf etgan. Bu aql xulosasi. Boshqani sevishni esa aql kashf etolmasdi, chunki boshqani sevish aqldan emas.

(456-bet).

4-QISMDAN

Ularning qasoslari mening bo‘ynimda, men jazolarini beraman.

(1-bet).

* * *

Baxtli oilalarning hammasi bir-biriga o‘xshaydi, baxtsiz oilalarning esa har biri o‘zicha baxtsizdir.

(2-bet).

* * *

Sezgi zamirida taasurot bo‘lsa hamki, biz bu ikki tushunchani bir biridan qat’iyan farq etishimiz lozim.

(35-bet).

* * *

Hovliqish kerak emas, og‘ir bo‘lish kerak.

(39-bet).

* * *

Meni loyiq bilib emas, shafqat qilib kechir.

(53-bet).

* * *

Jamiyat ham shunday qurilganki, mehnatkashlar qancha ko‘p ish qilishsa, savdogarlar, yer egalari shuncha ko‘p daromad ko‘rishadi, mehnatkashlar esa hamisha ish hayvoni bo‘lib qolaverishadi. Shuning uchun bu tartibni o‘zgartirish kerak.

(116-bet).

* * *

Tavba- tazarruning kechi bo‘lmaydi.

(118-bet).

* * *

Qancha aql bo‘lsa, shuncha kalla bor, qancha ko‘ngil bo‘lsa, demak shuncha sevgi xili bor.

(118-bet).

* * *

Rashk –xotin uchun bir haqorat, shu sababli xotinga ishonch bo‘lishi kerak.

(186-bet).

* * *

Odob degan narsaning shunday qonun-qoidalari borki, buni oyoq osti qilgan kishi jazosini tortmay qolmaydi.

(192-bet).

* * *

Men sening oldingda, o‘zimning oldimda, xudo oldida o‘z burchlaringni ko‘rsatib qo‘yishga majburman. Bizning hayotimiz payvand qilingan, lekin odamlar tomonidan emas, Olloh tomonidan payvand qilingan. Bu payvandni faqat jinoyatgina buzushi mumkin, bunday jinoyat esa og‘ir jazo bilan natijalanadi.

(193-bet).

* * *

Xotin degan narsa shunday bir olamki, uni qancha o‘rganmagin, yana hamma vaqt undan yangi narsa topasan.

(212-bet).

* * *

Shu zamonda har bir ish qonun-qoida bilan, sud bilan baqamti qilinadi: hozir hamma narsani to‘g‘rilik bilan bir yoqlik qilish kerak; o‘g‘rilik bilan bir nima qilib bo‘larmishmi?!

(220-bet).

* * *

Har qanday ahvoldan qutulishning yo‘li bor. Faqat jur’at kerak.

(246-bet).

* * *

Kimki bir betingga shapati ursa, unga ikkinchi betingni ham tutib ber. Agar ustingdan choponingni yechib olishsa, ichingdagi ko‘ylagingni ham yechib ber.

(293-bet).

* * *

Shaxsiy manfaat negiziga qurilmagan faoliyatlarning hech biri hech qachon mustahkam bo‘lolmaydi. Bu umumiy, falsafaviy haqiqat.

(322-bet).

* * *

Miyasidan qayta-qayta o‘tgan va his qilgan narsalarning hammasi uchta alohida fikr turkumiga bo‘linar edi. Bittasi — eski hayotdan, foydasiz bilimdan, hech narsaga kerak bo‘lmagan ilmdan voz kechish edi. Ikkinchi xil fikr va tasavvurlari esa endi boshlamoqchi bo‘lgan hayotga taaluqli edi. Ammo uchinchi fikr eski hayotdan yangi hayotga qanday qilib o‘tish kerak ekan degan savollar atrofida aylanib yurar.

(358-bet).

* * *

Zerikib xunob bo‘lmaslik uchun hech qachon zerikishni o‘ylamaslik kerak. Uyqusizlikdan qo‘rqqan kishi uyqum kelmasmikan deb qo‘rqmasligi kerak.

(390-bet).

* * *

Mulohazalarning oqibati qanday bo‘lishi bilan uning ishi yo‘q edi; unga faqat mulohaza jarayonining o‘zigina kerak edi.

(437-bet).

* * *

Men ishlayapman, allanima qilmoqchiman, xolbuki hamma narsaning bir kun borib tugashini, buning o‘lim ekanini xotiramdan chiqaribman.

(450-bet).

* * *

Nikohdan eng muhim narsa muhabbat ekanligini, muhabbat bor yerda hamisha baxt borligini, chunki muhabbat faqat odamning o‘zidagina bo‘lishligini so‘zlab berdi.

(516-bet).

* * *

Shaytonning kuchi zo‘r, biz uning vasvasasiga uchmasligimiz kerak.

(566-bet).

* * *

Ikkalasidan birini tanlab olish kerak: yo jamiyatning hozirgi tuzumini adolatli deb hisobla-yu, o‘z haqingni himoya qil, yoki menga o‘xshash, adolatsiz imtiyozlardan foydalanayotganingni bo‘yninga ol-u, bu imtiyozlardan foydalanib, xursand bo‘lib yuraver.

(753-bet).

* * *

Madomiki o‘zini, qalbini, sevgisini Ollohning ixtiyorida ekanligini sezgandan keyin, yana kimga iltijo qila olar edi.

(902-bet).

* * *

Shu’lasida hayajon, aldov, alam, yovuzlik to‘la kitobni o‘qigan sham har vaqtdagidan ham balandroq loppillab yondi, ilgari zulmat ichida qolib kelgan narsalarni Annaga yoritib ko‘rsatdi.

(977-bet).

* * *

Mening nazariyam shunday: bir tomondan, urush shunday bir hayvoniy, shunday bir shafqatsiz, dahshatli narsaki, nasroniy dinidagi odamni bir yoqqa qo‘yib turaylik, boshqa har qanday odam ham urushni boshlash mas’uliyatini zimmasiga olaolmaydi, bu mas’uliyatni urush qilish o‘zining burchi hisoblangan va urush qilishga majbur bo‘lgan hukumatgina zimmasiga ola oladi.

(1024-bet).

* * *

Kimda-kim urushni targ‘ib qilsa, uni oldinda jang qiladigan maxsus legionga yuborish kerak; hamlaning oldiga tushib hujum va hamla qilsin!

(1028-bet)

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications