Lev Tolstoy. Urush va tinchlik. Ostiga chizilgan parchalar

BIRINCHI VA IKKINCHI KITOBDAN

Dunyoda baxt degan narsa ba’zan juda adolatsizlik bilan taqsim qilinar ekan.

(11-bet).

* * *

Kiborlar doirasidagi obro‘ shunday bir sarmoyaki, uni ehtiyot bilan sarf qilmoq kerak.

(25-bet).

* * *

Eskilikka qaytish juda qiyin bo‘ladi.

(28-bet).

* * *

Ko‘kda bir shahid ortdi-yu, yerda bir qahramon kamaydi.

(29-bet).

* * *

Hurriyat va tinchlikni payg‘ambarimiz ham targ‘ib qilgan edi.

(31-bet).

* * *

Abadiy tinchlik siyosiy muvozanat bilan bo‘lmaydi.

(36-bet).

* * *

Agar hamma faqat o‘z e’tiqodi asosida urushadigan bo‘lsa, dunyoda urush degan narsa bo‘lmas edi.

(37-bet).

* * *

G‘ildirakka moy kerak bo‘lganday, oddiy v ado‘stona munosabatlarda ham ta’riflash yoki maqtash zarur bo‘ladi.

(43-bet).

* * *

Nemis burganing ham yog‘ini oladi.

(82-bet).

* * *

Uyqudan qolgan odamga bir piyola yaxshi rus choyidan foydaliroq narsa yo‘q.

(113-bet).

* * *

Hech narsa ko‘z yoshiday kishining yuragini bo‘shatmaydi.

(117-bet).

* * *

Faoliyat uchun eng muhim shart-tartib.

(118-bet).

* * *

Insonda bo‘ladigan nuqsonlarning ikki manbai bor: biri-bekorchilik, biri- xurofot: insonda ikki fazilat bor: biri-faoliyat, biri aql.

(118-bet).

* * *

Judolik naqadar og‘ir va yomon narsa.

(122-bet).

* * *

Bu ko‘ngil taqdirga qarshi isyon qiladi.

(122-bet).

* * *

Boylarning jannatga kirishidan ko‘ra tuyaning igna teshigidan o‘tishi osonroq.

(128-bet).

* * *

Bizga din tasalli bo‘lmasa, umrimiz qayg‘uda o‘tar ekan.

(128-bet).

* * *

Agar mendan birov «dunyoda eng katta orzuing nima», deb so‘rasa, men «qashshoqlarning qashshog‘i bo‘lish», deb javob berar edim.

(128-bet).

* * *

U tushlikdan keyingi uyqu kumush-u tushlikdan oldingisi tilla der edi.

(134-bet).

* * *

Faqat axmoq odamlar-u fosiq odamlar salomat bo‘lmaydi.

(134-bet).

* * *

O‘z qilmishlarin o‘ylab ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar odatan jiddiy fikr va mulohazalar qiladi.

(141-bet).

* * *

Hamma narsaga aqli yetadigan kishi hamma narsani kechiradi.

(142-bet).

* * *

Aytgandan ziyoda qilish hech qachon zarar qilmaydi.

(151-bet).

* * *

Agar odam o‘lganidan keyin nima bo‘lishini bilsa edi, hech kim o‘limdan qo‘rqmas edi.

(234-bet).

* * *

Urushda yoshlarning g‘ayrati ko‘pincha qarilarning butun tajribasidan ko‘ra yaxshiroq qo‘l keladi.

(339-bet).

* * *

Jang oldidan hammadan zarurroq narsa yaxshilab uxlab olishdir.

(355-bet).

* * *

Buyuk sarkardaning maqtovi soldat uchun eng yaxshi mukofot.

(382-bet).

* * *

Agar men hayot deydigan bo‘lsam, faqat shunday yukdomon va vafodor xotinni uchratarman, bu xotin meni qaytadan olamga keltiradi, qalbimni pok qiladi va meni ko‘klarga ko‘taradi, degan umiddagina hayot deyman.

(429-bet).

* * *

Saodatli odamlarni g‘animat bil, boshqalarni maftun qil, o‘zing ham maftun bo‘l! Dunyoda birdan-bir haqiqiy saodat shudir, boshqa hammasi bekor gap. Biz bu yerda faqat mana shu bilan mashg‘ulmiz.

(432-bet).

* * *

Axmoq odam tavakkal deb o‘ynaydi.

(438-bet).

* * *

Muhabbatda omadi bo‘lgan kishining kartada omadi bo‘lmaydi.

(443-bet).

* * *

Xudoni aql bilan bilib bo‘lmaydi, uni hayotda biladi kishi.

(458-bet).

* * *

Hikmati ilohi va haqiqat ichmog‘imiz kerak bo‘lgan pokiza suv demakdir.

(458-bet).

* * *

Qalbimizga vijdon otli nuri ilohiy joylashtirilgandir.

(459-bet).

* * *

Men hali shunchalik zaifmanki, endigina ma’nosiga uncha-muncha tushunib kelayotgan hayotimni yaxshi ko‘raman.

(466-bet).

* * *

O‘zingizni shu darajaga yetkazing-ki, o‘lim ko‘zingizga dahshatli dushman emas, balki… ezgulik yo‘lida riyozat chekkan ruhni rohat va farog‘atga eltish uchun bu dunyoning kasiratidan qutqaradigan do‘st bo‘lib ko‘rinsin.

(466-bet).

* * *

O‘z qalbingni qusurlardan tozala, odamlarning qalbini ardoqla.

(470-bet).

* * *

Xushfe’l va xushmuomala bo‘l. Barchaning ko‘nglida ezgulik olovini yoq. Baxt-saodatni odam bolasi bilan baham ko‘r, shunda bu farog‘atingga hech qachon hasad putur yetkazmaydi.

(471-bet).

* * *

Dushmanlaringni kechir, undan qasos olma, unga faqatgina yaxshilik qil.

(471-bet).

* * *

Odam bolasiga darhol yordam qil, gumrohga yo‘l ko‘rsat, yiqilayotganini suyab qol, odam bolasiga hech qachon dushmanlik qilma, g‘azablanma.

(471-bet).

* * *

Qopag‘on itni hatto o‘ldirish savob.

(499-bet).

* * *

Insof va nolinsoflik to‘g‘risida o‘ylash odamlarni ishi emas. Odamlar hamma narsadan ham ko‘ra insofni noinsoflikdan ajratish bir umr adashgan va bundan keyin ham adashadi.

(499-bet).

* * *

Yovuzlik qilmaslik, pushaymon bo‘lmaslik uchungina yashash kifoya qilmaydi.

(500-bet).

* * *

Men hayotda faqat ikki narsani chinakam baxtsizlik deb bilaman: vijdon azobi va xastalik.

(500-bet).

* * *

Hayotda eng yaxshi baxt shu ezgulik lazzatidir.

(501-bet).

* * *

Dunyoda turganim uchun men gunohkor emasman.

(502-bet).

* * *

Tomirlardan qonni chiqarib tashlab, o‘rniga suv quysang, o‘shanda urush bo‘lmaydi.

(513-bet).

* * *

Birovga yaxshilik qilsam ko‘p xursand bo‘laman, lekin adolatsizlik o‘rniga adolat o‘rnatish buyuk bir baxtdir.

(535-bet).

* * *

Aqliy mehnat erkaklarni ko‘p mo‘rt qilib qo‘yadida.

(551-bet).

* * *

Hamma hozir qonun yozadigan bo‘lgan, chunki qonunni bajarishdan ko‘ra , yozish osonroq.

(553-bet).

* * *

Qonun yozish oson. lekin idora qilish qiyin.

(556-bet).

* * *

U shunday xursand ediki, kishi bunday vaqtlarda juda ezgu va mehribon bo‘lib, dunyoda yovuzlik, baxtsizlik va g‘am-g‘ussa degan narsalar borligiga ishonmay qo‘yadi.

(599-bet).

* * *

Baxtli bo‘lish uchun baxtga ishonish kerak.

(606-bet).

* * *

Hamma erkaklar faqat o‘zlarini aqlli deb hisoblashadi-yu, lekin aslida esa baloni ham bilishmaydi, gerdaygan, xudbin bo‘lishadi.

(608-bet).

* * *

Xotin kishi erkakka qanchalak kamroq yoqsa, shunchalik sodiqroq bo‘ladi.

(611-bet).

* * *

Inson o‘zining ojiz aqli bilan idrok qilolmaydigan narsani faqatgina din izoh qila oladi.

(628-bet).

* * *

Na ahamiyatli narsa bor, na ahamiyatsiz, hammasi bir go‘r, faqat shu hayotdan o‘zimni obqocha bilsam bo‘lgani, faqat shuni ko‘rmasam, shu mudhish hayotni ko‘rmasam bas.

(700-bet).

* * *

Oh, yaqin kishingni sevish va unga kulfatdan boshqa narsa keltira olmasligingni bilish va boshqa ilojing yo‘qligini sezish naqadar og‘ir.

(712-bet).

* * *

O‘lim xaloskor erur, o‘lim osoyishtadir.
Azobdan qutulmoqning yo‘qdir o‘zga chorasi.

(715-bet).

* * *

Mahzun tabassumda maftun etuvchi cheksiz bir narsa bor.

(715-bet).

14.jpgUCHINCHI KITOBDAN

Inson o‘zi uchun ongli ravishda yashaydi-yu, lekin tarixiy maqsadlariga erishmoq uchun ongsiz qurol bo‘lib xizmat qiladi.

(10-bet).

* * *

Aqlga sig‘maydigan (ya’ni anglagani aqlimiz ojizlik qiladigan) hodisalarni izoh etmoq uchun tarixda taqdirga tan berishdan boshqa iloj yo‘q. Qanchalik izohlashga urinmaylik, ular biz uchun shunchalik aqlga sig‘maydigan va anglashilmaydigan bo‘lib qola beradi.

(10-bet).

* * *

“Podshoning qalbi xudoning ixtiyorida.”

“Podsho tarixning quli”

(10-bet).

* * *

Olma pishsa tagiga tushadi, nima uchun tushadi? Yer o‘ziga tortgani uchunmi, bandi qurigani uchunmi, oftobda so‘ligani, og‘irlashgani uchunmi, shamol silkitgani uchunmi? Bularning hech biri sabab emas. Bularning hammasi har qanday hayotiy, uzviy, tabiiy voqealar ro‘y beradigan sharoitlarning bir-biriga mos kelib qolishidan iborat, xolos.

(11-bet).

* * *

Kimni halok qilmoqchi bo‘lsang avval aqlu idrokidan mahrum qil.

Xastalikdan nolisang, xudo o‘lim bermaydi.

(16-bet).

* * *

Tabiat olamida bo‘rilar nechog‘li zarur bo‘lsa, davlat idorasi organizmida ham bunday odamlar shu chog‘li zarur, bularning hukumat boshlig‘i yonida bo‘lishi va unga yaqinligi naqadar nomuvofiq ko‘rinsa ham, bular doim hozir va nozirdirlar.

(25-bet).

* * *

G‘amu kulfatni odamlar emas, xudo yuboradi. Odamlar uning qo‘lida faqat bir qurol, ayb ularda emas. Nazaringda birov yomonlik qilganday ko‘rinsa, buni unut, kechir. Birovni jazolashga bizning haqqimiz yo‘q, o‘shanda avf etish baxti nima ekanligini bilasan.

(44-bet).

* * *

Faqat nemis mavhum g‘oyalar-mutlaq haqiqatni bilaman degan xayoliy ilmga suyanib mag‘rur, mutakkabir bo‘ladi. Rus shuning uchun mutakkabirki, u hech narsni bilmaydi, bilishni ham istamaydi, chunki biron narsani mukammal bilib olish mumkinligiga ishonmaydi.

(55-56-bet).

* * *

Fransuz shuning uchun mutakabbir bo‘ladiki, u aqlu idrokim va jismim bilan erkak va ayollarni mahliyo eta bilaman, deb hisoblaydi. Ingliz shuning uchun mutakabbir bo‘ladi, o‘zini dunyoda eng obod va ma’mur davlatning grajdani deb hisoblaydi va shuning uchun hamisha nima qilish kerakligini biladi va nimaiki qilmasin yaxshi bo‘ladi deb biladi.

(56-bet).

* * *

Yaxshi sarkarda daholik ham, boshqa biron bir xislat ham kerak emas, bil’aks, yaxshi sarkarda insonning eng yuksak, olijanob fazilatlardan, ya’ni muhabbat, she’riyat, nafosat, faylasufona ishtibohlardan mahrum bo‘lishi shart.

(62-bet).

* * *

Rostov urushga yuragini hovuchlab borar edi; hozir esa qo‘rquv degan narsa uning xayoliga ham kelmas edi. Bu jangga ko‘nikkani uchun emas, balki xavf-xatar qarshisida o‘z qalbini idora qila bilgani uchun ko‘proq jalb qilishi mumkin.

(71-bet).

* * *

Kishi iztirob chekayotgan vaqtda bu iztirobni boshqalar yengillashtirishiga ishonadi, xayrixohlik va ko‘makka muhtoj bo‘ladi.

(78-bet).

* * *

Jam bo‘lib, hamma tabaqalar baravar, do‘st-dushman deb o‘tirmasdan, birodarlik muhabbati bilan ibodat qilamiz. Parvardigori olamning qudrati va imonimizning salomatligi uchun ibodat qilamiz.

(86-bet).

* * *

Yo, rabbim! Katta-kichik hamma narsa sening hukmingda, sening panohingdadir, sen hamma narsaga qodirsan, sening irodangga hech kim qarshi chiqolmaydi.

(88-bet).

* * *

Yosh bo‘lsam ham Vatanga xizmat qilmoqchiman, yoshlik sadoqatga xalal bermaydi va men bunga tayyorman.

(100-bet).

* * *

Knyaz Andrey o‘zining ham yalang‘och badaniga qarab, «bu go‘sht, bu badan, to‘plarning yemi!» deb o‘yladi-da, seskanib ketdi, bu suvning sovuqligidan emas, iflos suvda yuvinayotgan son-sanoqsiz badanlarni ko‘rganida paydo bo‘lgan noma’lum bir nafrat va dahshatdan eti cho‘chigan edi.

(114-bet).

* * *

Jangchilar qilayotgan ishlarimizni bilib qilyapmiz, o‘zimiz uchun qilyapmiz, deb manmanlikka berilishar, qo‘rqishar, suyunishar, g‘azablanishar, bahs-munozara qilishardi, vaholanki ularning hammasi o‘z irodasidan tashqari, tarix qo‘lida qurol bo‘lib, o‘zlariga noma’lum, bizga esa ma’lum bo‘lgan ishni bajarishgan edi.

(114-bet).

* * *

Urushning taqdirini porox emas, poroxni o‘ylab chiqargan odam hal qilar edi.

(147-bet).

* * *

O‘yinni yutqazgan mohir shaxmatchi xato qilganim uchun yutqazdim deb o‘yladi va o‘yinning boshida qilgan xatosini qidiradi va butun o‘yin davomida har bir yurishida aynan shunday xato qilganligini va biron yurishi mukammal bo‘lmaganligi sira xayoliga kelmaydi. O‘zi yo‘l qo‘ygan xatodan faqat raqibi foydalangandagina unga e’tibor qiladi.

(151-152-bet).

* * *

Odamlarni itoat qildirishning asosiy sharti –ular itoat qilmasmikinlar, degan shubhani ularning o‘ziga bilintirmaslikdan iboratdir.

(169-bet).

* * *

Bilim daraxtining mevasidan bahramand bo‘lish ta’qiqlanganligi tarixiy voqealarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

(172-bet).

* * *

Ikki jangchidan – sabr va vaqtdan o‘tkiri yo‘q.

(200-bet).

* * *

Xavf-xatar taxlika solayotgan chog‘da hamisha inson qalbida bir xil kuchga ega bo‘lgan ikki ovoz baravar sado beradi: biri odam boshiga tushayotgan xavf-xatarning mohiyatini anglasin, undan qutilish tadbirlarini topsin desa, 2-chisi xavf-xatarni o‘ylab o‘tirishdan og‘irroq va mashaqqatliroq narsa yo‘q, taqdirga tadbir ko‘rish insonning qo‘lidan kelmaydi, yaxshisi falokat yuz berguncha, uning haqida o‘ylamasdan ko‘ngilni xush qilish kerak der edi.

(201-bet).

* * *

Shuhrat, jamiyatdagi mavqe, xotin kishiga bo‘lgan muhabbat, Vatanning o‘zi- bularning hammasi o‘z vaqtida naqadar buyuk ko‘ringan, naqadar chuqur ma’noga egaday tuyulgan edi! Bularning hammasi men uchun boshlanayotganday ko‘ringan bu tongning oppoq sovuq nurida naqadar oddiy, rangsiz va dag‘al bo‘lib qoldi.

(233-bet).

* * *

G‘olib chiqaman deb qat’iy ahd qilgan kishilargina jangda yutadi.

(238-bet).

* * *

Muvaffaqiyat hech qachon pozitsiyaga, yarog‘- aslahaga, hatto qo‘shinlarning miqdoriga bog‘liq emas.

(238-bet).

* * *

Maqsad dushmanni majolsizlantirish ekan, aholining qurbon bo‘lishiga e’tibor qilmaslik kerak.

(239-bet).

* * *

«Urush-urush» o‘yinida olijanoblik va hassoslik buzoq so‘yilayotganini ko‘rib hushdan ketgan boyvuchcha xotinning olijanobligi va hassosligiga o‘xshaydi.

(241-bet).

* * *

Urush nazokatli ekaningni ko‘rsatish degan gap emas, balki hayotda eng qabih narsadir, shuni bilmoq kerakki, urush o‘yinchoq emas! Bu mudhish zaruratga qat’iylik bilan jiddiy yondoshmoq lozimdir.

(241-bet).

* * *

Ma’rifat daraxtidan ezgulik va yovuzlik mevasini odam bolasi tatimasligi kerak.

(242-bet).

* * *

Urushdan maqsad odam o‘ldirishdir; urushning quroli- josuslik, xiyonat, xoinlarni taqdirlash, aholini g‘orat qilish, ularni talash yoki armiyani oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida ularning bor-yo‘qlarini o‘g‘irlash, harbiy makr deb atalgan yolg‘onchilik, harbiylar tabaqasining xulqi, axloqi, erksizlik, ya’ni harbiy intizom, bekorchilik, jaholat, bag‘ritoshlik, fosiqlik va aroqxo‘rlikdan iborat.

(242-bet).

* * *

Imperator olijanoblik, lutf-karam, odillik, tartib-intizom, zakovat demakdir!

(423-bet).

* * *

Fransiya bir kishining, ya’ni Napoleonnig irodasi bilan respublikadan imperiyaga aylandi, fransuz qo‘shinlari bir kishining- Bonapartning irodasi bilan Rossiyaga bostirib kirdi.

(253-bet).

* * *

Olamdagi hodisalar taqdiri azaldan belgilangan, voqealarning sodir bo‘lishi shu voqealarda ishtirok etayotgan kishilar irodasining bir-biriga mos kelishiga bog‘liq.

(253-bet).

* * *

Hayotning javhari muhabbatdir.

(427-bet).

* * *

Aziz bir kishini insoniy muhabbat bilan sevishing mumkin: ammo g‘animingni muhabbati ilohiy bilan seva olasan.

(441-bet).

* * *

Sevgimning birdan-bir maqsadi men sevgan kishilarning baxtu saodatidir.

(490-bet).

* * *

Sof va beg‘ubor shodlik bo‘lmagani singari qayg‘uning ham sof va beg‘ubori bo‘lmaydi.

(657-bet).

* * *

Hayot hodisalarini son-sanoqsiz turlarga bo‘lish mumkin bo‘lganday, ularni shakl va mazmun jihatdan ham ikkiga bo‘lish mumkin, birida mazmunlik ustun qilsa, ikkinchisida shakl ustunlik qiladi.

E’tiqodsiz bu zamonda yashash qiyin!

(709-bet)

* * *

Agar odamning irodasi erkin bo‘lsa edi, ya’ni har kishi o‘zi istagan ishni qila olsa, unda butun tarix bir-biriga bog‘lanmaydigan, bir-birisiga aloqasi bo‘lmagan tasodiflardan iborat bo‘lardi.

(831-bet).

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications