Litsenziyasiz avtotransportda yo’lovchi tashishning oqibati

Bugungi kunda avtobuslardan ko’ra, yengil avtotransportda uzoq va yaqin manzillarga tezroq yetib olish hammaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ammo avtotransport vositalari egalari hisoblangan haydovchilarning hammasi ham litsenziya bilan taksilik faoliyatini qonuniylashtirmaganiga guvoh bo’lish mumkin. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo’yicha litsenziyasiz avtotransportda yo’lovchi tashish qanday tartibga solingan va uning jazosi qandayligi haqida qisqacha ma’lumot beramiz. BUGUNGI MAVZU LITSENZIYASIZ AVTOTRANSPORTDA YO’LOVCHI TASHISHNING OQIBATI HAQIDA.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 176 prem 3-moddasida Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish fuqarolarga eng kam ish haqining YIGIRMA BARAVARIDAN YUZ BARAVARIGACHA, mansabdor shaxslarga esa — ELLIK BARAVARIDAN YUZ ELLIK BARAVARIGACHA miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bu degani qaysidir yo’lovchini bir nuqtadan ikkinchi bir nuqtaga atigi 5000 ming so’m yoki undan ham kam summa evaziga eltib qo’yish 4.054.600 so’mdan 20.273.000 so’mgacha jarima jazosi belgilanganligini e’tirof etsak, 5000 so’m topaman deb 5 mln so’m yo’qotib qo’ymasligingizni maslahat beramiz. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi 994-sonli qarori asosida taqsdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 7-bandi 4-xatboshisida tijorat tashuvlarida litsenziya kartochkalari bilan ta’minlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalanish noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashga sabab bo‘ladi deb belgilab qo’yilgan.
Ushbu holatga tushib qolgan shaxslarga sudda moddiy jihatdan sharoyiti og’irligi sababli sanksiyada belgilangan jarimani to’lay olmaslik holatlari ayni kundagi dolzarb muammo hisoblanadi. Qonunchilik ushbu holatlarni ham inobatga olib, fuqarolarga va haydovchilarga yengillik berishni ham nazarda tutganligini aytish mumkin. MJtKning 31-moddasida Ma’muriy javobgarlikni yenggilashtiruvchi holatlar berilgan bo’lib, agarda litsenziyasiz yo’lovchi tashlagan akalarimiz yoki opalarimizning

  • O’z qilmishlariga pushaymon bo’lishlari
  • Yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to’lashi yoki keltirilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilishi (ya’ni litsenziyaga tushgan kundan 30 sutka ichida litsenziya olishga ariza berib, litsenziya olishi)
  • Huquqbuzarlikni oilaviy sharoyiti og’irligi sababli sodir etganligi (bunda u va uning oila a’zolaridan hech biri ishlamasligi, oilaviy daromadi eng kam oylik ish haqidan ham kamligi va ijtimoiy ahvoli og’ir oilalar ro’yxatida turishi haqidagi ma’lumotnomalarning bo’lishi shart)
  • Agarda huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs ( 18 yoshga to’lmagan) tomonidan sodir etilganligi, (bunda haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lmasa jazodan ozod qilinmaydi)
  • Homilador ayol yoki 14 yoshgacha bo’lgan bolasini yakka o’zi tarbiyalayotgan shaxs bo’lsa
  • Boshqa holatlar ( oilada yagona boquvchi bo’lgan shaxs, voyaga yetmagan qaramog’ida ikki va undan ortiq bolalari bor shaxslar va shunga o’xshash boshqa holatlar yengillashtiruvchi holat sifatida baholanishi belgilab qo’yilgan.
    Shuningdek, MJtK ning 33-moddasida YENGILROQ MA’MURIY JAZO CHORASINING QO’LLANILISHI belgilab qo’yilgan bo’lib, unda Sud ma’muriy jazo chorasini qo‘llayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta ko‘rsatib, ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi (holat bo’yicha
    1763-moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo chorasini qo‘llashi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olishi belgilab qo’yilgan. Demak, yuqoridagi yengillashtiruvchi holatlar bo’yicha huquqbuzarlikni sodir etgan haydovchilar MJtK ning 33-moddasi asosida eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan 100 baravarigacha emas, balki undan kamroq jarima bilan jazolanishi mumkin.
    Xulosa qilib aytganda, litsenziyasiz yo’lovchi tashish kamida 4 mln so’mdan 22 mln so’mgacha moliyaviy shaxsiy budjetingizda zarar keltirishga olib keladi va yengillashtiruvchi holat har doim ham sizni vaziyatdan olib chiqib keta olmaydi. Ogoh bo’ling hurmatli haydovchilar!!!
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications