Lizingga olingan avtomashinani sotish mumkinmi?

“Lizing to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga asosan lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’yektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun 12 oydan ortiq muddatga beradi.

Lizingning asosiy sharti lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tishidir. Sizda avtomashinaga nisbatan mulk huquqi lizing tugagandan so‘ng vujudga keladi.

Demak, siz lizing shartnomasi muddaati tugagach, avtomashina sizga mulk huquqi bilan o’tganda uni sotish imkoniga ega bo’lasiz.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications