Mahalla raislari saylash mahalla imijida juda muhim
Mahalla – O’zbekistonga xos milliy demokratik, tarixiy, anʼanaviy, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish institutidir. Uning demokratik tuzum sifatida asosoiy moxiyati avvalo uzluksiz ekanligida, bu tuzumda jamiyatni boshqarishning demokratlashib borishida, keng xalq ommasining davlat va jamiyatni boshqarishda erkin, ixtiyoriy ishtrok etishidadir.
Mahalla – aholini jipslashtrish va safarbar etish, jamiyatini taraqqiy ettirish, shuningdek, o’z xududida poklik, to’g’rilik, xolislik, beg’arazlikni qaror toptirish, jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirishda ham oqil va zabardast kuchdir. Mahalla milliy urf-odat va anʼanalar, hashar va boshka tadbirlarni amalga oshirish vositasi hamdur.
Azaldan mahalla milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar shakllangan va yuzaga kelgan maskan hisoblangan. Bu maskanda ahillik va hamjihatlik, keksalarga hurmat-u yoshlarga izzat, muhtojlarga muruvvat ko‘rsatish kabi ko‘plab ibratli milliy va diniy qadriyatlar hukmron bo‘lgan. Yoshi kattalar yaxshi biladi: mahallaning har bir shaxsga, u kim va qanday lavozimda bo‘lishiga qaramasdan, ta’sir kuchi katta edi. Mahalla bilan, unda shakllangan urf-odatlar bilan hisoblashmaslik mumkin emasdi. Boshqacha aytganda, mahalla urf-odatlar orqali odamlarni boshqarib, ma’lum doirada harakat qilishiga zamin tayyorlardi.
Joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va osoyishtalikni ta’minlash talabi o‘rtaga tashlandi. ta’minlash, kambag‘allikdan chiqarish va tadbirkorlikka jalb etish kabi o‘ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar yuklatildi. Bularning hammasi mahalla fuqarolar yig‘inlari ishining ko‘lami va hajmini ko‘paytirdi hamda xarakterini ancha o‘zgartirdi. Aslida, mahalla tizimi ezgu maqsadlarni ko‘zlab yangilana boshlandi, mahalla xodimlari ularning vazifasiga kirmaydigan ishlardan ozod etildi. Masalan, mahalla xodimlari yillar davomida kommunal to‘lovlarni terishda mas’ul, soliq inspektoriga yordamchi, paxta yig‘im-terimi mavsumida brigadirga bo‘ysunuvchi bo‘lib hamda ko‘plab tadbirlarda “fon” sifatida qatnashgan holda bevosita o‘z vazifalaridan uzoqlashgan edi. Endi bunga barham berildi.
Bugungi kunda ham yurtimiz bo’ylab mahalla oqsoqollarini saylash tadbirlari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. Fuqarolarni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas. Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida doimiy yashovchi fuqarolar ega bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi saylovini tashkil etish va o‘tkazish oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Demak saylov o’tkazish uchun dastlab komissiya tuziladi.
Xo’sh komissiya a’zolarini kimlar tashqil qiladi? Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi. Komissiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining qarori bilan tuziladi. Komissiyalar fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi. Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi deputatlari, fuqarolar yig‘inlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritiladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar komissiyaga a’zo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi. Tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarining ijro apparatlari komissiyalarning ishchi organlaridir.
Komissiya vakolatlariga Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi; fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi; hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolarning vakillik normasini belgilaydi; ishchi guruhlardan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni keyinchalik tegishli tumanlar, shaharlar hokimlari bilan kelishish uchun qabul qilib oladi; fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan saylov byulletenlarining namunalari mustasno; ishchi guruhlarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborotini eshitadi; tegishli hududda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Respublika komissiyasiga axborot taqdim etadi; fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi; fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivga yoki idoraviy arxivga topshirilishini ta’minlaydi.
Har doim ham yuqoridan yuboriladigan topshiriqlar asosli, har bir mahallaning imkoniyat va xususiyatini hisobga olib jo‘natilgan va belgilangan muddatda bajarilishi mumkin deb aytolmayman. Ayrim topshiriqlarning maqsadini, jamiyatga, aholining aniq qatlamiga qanchalik yordami tegishini anglash mumkin emas. Xo’sh kimlar mahalla oqsoqoli bo’la oladi? Kimlar o’z nomzodlarini saylovga qo’ya olishadi? Ularga qanday talablar qo’yiladi? Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Ishchi guruh fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tayyorlaydi va tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga saylovdan kamida o‘n kun oldin taqdim etadi. Hujjatlarga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning o‘z nomzodi ko‘rsatilishiga yozma roziligi ilova qilinadi. Tuman yoki shahar hokimi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va o‘zining ushbu nomzodlar bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuboradi.
Bugun zamon bizdan mahalla va oila institutlarini mustahkamlash masalasiga chuqur ilmiy yondashuvni, muammo yechimida innovatsion usullarni qoʻllashni, sohada ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bilan amaliy hamkorlikda ish olib borishni talab etmoqda. Shundagina notinch va nizoli oilalar muammolarini hal etish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oila mezonlari, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” konseptual gʻoyani hayotga tatbiq etishimiz mumkin boʻladi. Ushbu yoʻnalishlarda yillar davomida yigʻilib qolgan qator muammolar ham borki, ular barchamizni tashvishga solishi tabiiydir. Kuchlarimizni birlashtirishmasdan turib ularni bartaraf etish sira mumkin emas. Shu maqsadda Hamkorlik dasturi qabul qilindi. Muhimi, unda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni Respublika — viloyat — tuman —mahalla darajasida aniq ijro etish mexanizmlari belgilab berilgan. Zero, barchamiz hayotimizda uchrayotgan ayrim kamchilik va muammolarni birgalikda hal qilsak, salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan imkoniyat va harakatlarimizni birlashtirsak, mahallamiz va yurtimiz tinch, turmushimiz esa yanada farovon boʻladi.
F.M.Tajimatova
TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali 1-bosqich talabasi
U.I.Shonazarov rahbarligida
Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri v.v.b.