Malala Yusufzoy – “Men Malalaman”

Malala Yusufzoy 1997-yilda Pokistonning Svat vodiysida dunyoga kelgan. Yozuvchining ushbu asari avtobiografik xarakterga ega bo’lib, asarni o’qir ekansiz o’sha jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga o’z fikringizni bildirmay qolmaysiz. Avvalo, asar ijtimoy ruhda yozilgan bo’lib, islom niqobi ostida jang qilayotgan tolibonlarning harakatlari to’laqonli tasvirlanadi. Kitobni o’qiganingiz sari biz uchun oddiy tuyulgan narsalarni naqadar qimmatli ekanini tushunib, shukronalik tuyg’usini his qilasiz. Malala o’z shaxsiy fikriga ega, qizlarning ham ilm olishga o’g’il bolalardek to’liq haqqi  borligini bot-bot takrorlashdan charchamaydigan qiz. Afsuski u tolibonlar tomonidan 14 yoshida aynan shu uxlayotgan jamiyatni uyg’otish uchun qilgan harakatlari tufayli otib tashlanadi. Ammo, Alloh Malalaning hayotini saqlab qoladi. Xalq kun sayin jaholat botqog’iga botib boraveradi. Na o’qishdan, na yozishdan bexabar olamon Fazlulloh kabi Qur’onni mutlaqo boshqacha tarjima qilayotgan insonlarga ergashib boraveradi. Hattoki uni “Payg’ambar sifat” deya ulug’lashadi. Achinarlisi, tolibonlarning qing’ir ishlariga chek qo’yish o’rniga ularni zimdan qo’llayotgan davlat amaldorlari borligida.

Asardan iqtibos

“Bir tarafda ayblanuvchi kalatakning zarbiga chiday olmasdan, bor ovozi bilan baqirar, bir tarafda esa inson bolasining kaltakalanishidan zavqlanib turgan olamon “Allohu akbar” “Allohu akbar” deb jazo ijro etuvchilarni qo’llab quvvatlaydi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications