Mavlono Jaloliddin RUMIY «QALB KO’ZINGNI OCH» KITOBIDAN HIKMATLAR

AVLIYOLAR  HAQIDA

• Alloh mardlarining oyoqlari ostida tuproq bo’l. Sen ham bizdek hasading boshiga tuproq soch!

• Yog’och qilichni jangga olib borma, oxu fig’onga tunshmaslik uchun uni bir bor nazardan o’tkaz: agar yog’och bo’lsa, bor, boshqasini qidir; agar olmos bo’lsa, quvonch bilan olg’a bos! Olmos qilich avliyolarning aslahaxonalaridandir.

• Komil tuproq olsa, oltin bo’ladi, nokas oltinni qo’liga olsa tuproqqa aylanadi. U haqiqiy eran (avliyo) Allohga ma’qul bo’lgandir, barcha ishlarda uning qo’li Allohning qo’lidir.

• Avliyolarda Alloh bergan shunday qudrat bor-ki, otilgan o’qni qaytara oladilar.

• Avliyolar eslatish va unuttirishga qodirdirlar, shu holda har kishining ko’ngliga hokimdirlar. Avliyo unuttirish qudrati bilan bir kishining zehnini band qildimi. u odam hech narsa qila olmaydi.

• Ogoh bo’lki, avliyolar zamonning Isrofillaridirlar. O’liklar ulardan jon topadilar, tiriladilar.

• Shuning uchun yumshoqmi-qattiqmi, avliyolarning so’zlarini tinglashdan qochma, ularga quloq os, u so’zlar diningga quvvat bo’ladi.

• Ularning qahrabolari bor, chiqarsalar sening somon cho’pidek borlig’ingni devona qiladi, o’zlariga tortadi. Qahrabolarini yashirsalar. sen yo’ldan ozasan. Inson  martabasining ham Allohning avliyolari qo’lida hayvondek mag’lub bo’lganini angla, ey yo’qsil!

• O’zing bilgan, necha martalab o’tgan yo’lda ham yo’lboshlovchi bo’lmasa adashasan. O’zingga kel! Yurmagan yo’lingdan yolg’iz borma, yo’l ko’rsatuvchidan aslo yuz o’girma!

• Yo’lovchilarning yo’ldan adashganlari, yovuz ruhli shaytonning ularga nimalar qilganini “Qur’on”dan o’qi! Ularni asosiy yo’ldan yuz minglab yil uzoq bo’lgan yo’lga eltdi, falokatga yo’liqgirdi, qip-yalang’och qoldirdi. Ularning suyaklariga, ulardan qolgan nishonalarga qara va ibrat ol: eshagingni ularning yo’liga boshlama.

• Yo’l biluvchi idrokli pir nafs quli bog’lariga arik qazuvchidir. Irmoq o’zini qanday poklaydi? Insonning bilimi Alloh ilmi bilan birga naf beradi. Qilich qinini kesa oladimi? Bor, bu jarohatni jarrohga ko’rsat. Agar bu yaraga pir malham ko’ysagina dardingdan qutulasan, faryod-u fig’oning bitadi.

• Hazrat Payg’ambar (s.a.v.): “Ummatlarim ichida shundaylari bor-ki, ular men bilan bir xil yaratilganlar, men bilan teng himmat sohibilar. Men ularni qaysi nur bilan ko’rsam, ularning qalblari ham meni aynan shu nur bilan ko’radi”, dedilar.

• Yolg’izlikdan umidsizlikka tushgach quyoshdek bir sevgilining soyasi ostiga kir. Bor, tezda biror Alloh do’stini qidir. Shunday kil, Alloh sening do’sting bo’ladi.

• Tuprokdan ham ojizmisan? Tuproq sevgilini topgach bir bahor tufayli yuz minglab gullarga yetishdi.

• Pirlar shunday kishilar-ki, hali bu dunyo yaralmaganida ham ularning jonlari karam dengizida bor edi. Bu tanga tushishdan oldin necha bor yashadilar. ekishdan oldin mevalar saraladilar.

• Nafsing undan qochmoqda. Chunki sen olovdansan, u suv daryo suvi. Sening tuyg’ung, fikring olovli. Shayxning tuyg’usi va fikri esa u go’zal nur.

• Atrofda qancha hunarlar, qancha bilimlar bor-ki. inson ularni o’rgangach boshdan ayriladi! Boshing ketishini istamasang oyoq bo’l, fikr va tadbir sohibi bo’lgan Qutbga yukin! Shoh bo’lsang ham o’zingni undan ustun ko’rma. Bol bo’lsang ham uning o’tidan o’zga narsa to’plama. Safo ahliga xizmat qilishni istamasang ajdarho og’ziga tushgan ayiqqa o’xshaysan.

• Alloh bilan do’st tutinishni istagan kishi avliyolar huzurida bo’lsin. Aks holda u halok bo’ladi. Chunki u butuni bo’lmagan qismdir. Shayton biror kishini karam sohiblaridan ayirsa, uni yolg’iz qoldiradi, shu holda boshini yeydi, mahv etadi.

• Har lahzada tinmay podshohlarning ko’lankasini qidir, top-ki, u ko’lankada kuyoshdan ham yaxshi holga kelasan. Safarga chiqsang, shunday niyat bilan chiq, uyda o’tirsang ham bundan g’ofil qolma!

• Ko’nglingda yo’qolgan hikmat matosi dil ahlida topiladi. Ko’r ko’ngil joni, qulog’i, ko’zi bo’lsa ham o’g’ri shaytonning izini topa olmaydi, uni qo’lga kirita olmaydi. Shaytonning  izini topishni, o’g’rini qo’lga olishni ko’ngil ahlidan umid qil, bu ishni ulardan ista, tosh-u tuproqdan emas.

• Shayx umid va qo’rquv kabi ko’ngillarga kiradi, yuradi. Jahonning siri unga nihon emas. Ey sarmoyasizlar, ko’ngil sohiblari huzurida ko’ngillaringizni qo’riqlang!

• Sen qanday ters ish kilayapsan. Ko’rlarning yoniga maqomga erishish niyatida borayapsan, odobga rioya qilib eshik yonida o’tiribsan. Ko’zlilar yonida esa odobni tark etayapsan. Shuning uchun shahvat oloviga o’tin bo’lding-da!

• Yo’lboshlovchi yo’lovchiga, cho’llarda har laxzada yo’qolganga kerak. Manzilga yetganlarga ko’zdan, nurdan boshqa narsa kerak emas. Ular yo’lboshchidan ham, cho’ldan ham qutilganlar. Agar u visol mardi biror dalil keltirsa, “Mujodala ichida taraddudda qolganlar anglasinlar” deb keltiradi.

• Kofir kim? Shayxning imonidan g’ofil bo’lgan. O’lik kim?  Shayxning qalbidan xabardor bo’lmagan!

• Yo’lboshchisiz yo’lovchiga ikki kunlik yo’l yuz yillik bo’ladi.

• Shuni ham ko’rmaysanmi? Alloh avliyolari erishgan yakinlikda yuzlab karomatlar bor. Masalan, temir Dovudning qo’lida mumga aylanadi… Holbuki sening qo’lingda mum temir bo’ladi! Yaratish va rizq berishda hamma teng, bu sifatlar hammada bor. Ammo bu ulug’lar Alloh muhabbatiga erishdilar.

• Bir qo’lli bir avliyo kun ko’rish uchun savat to’qiyotgan paytida Alloh unga ikkita qo’l berar edi. Bir kishi avliyoni xas-cho’pdan yasalgan chaylada ziyorat etdi. Ikki qo’llab to’rva to’qiyotganini ko’rdi. Shayx unga: “Ey jonining dushmani. nega gustohlik qilib yonimga kelding? Nega ruxsat so’ramay xuzurimga kirding?” dedi. Kelgan kishi: “Ixlosimdan, ishtiyoqimdan” degach shayx kulimsiradi va dedi-ki: “Unday bo’lsa kel… ammo ey ulug’ kishi, buni pinhon saqla. Toki men tirik ekanman, na do’stingga, na sevgilinga, na boshqalarga, biron inson zotiga bu sirni ochma!”. Shundan keyin ko’pchilik kishilar uning ikki qo’llab savat to’qiyotganini deraza ortidan ko’rdilar. Shayx: “E Rabbiy, hikmati senga ayon. Men yashirayapman, sen oshkor etayapsan” dedi. Unga shunday javob keldi: “Bir qancha kishi qo’ling kesikligini mazax kildi. senga qarshi bo’ldi. U yolg’onchi edi. Alloh uni sharmanda qildi”, dedilar. “Men ularning kofir bo’lishini, bu yanglish fikr, bu shubha bilan yashashlarini istamayman. Men karomatni oshkor kildim, ishlayotgan vaqgingda senga ikki qo’l ehson etganimni ko’rsatdim. U bechoralar sen haqingda shubhaga tushib, la’nat olmasinlar…”.

• Alloh avliyolarni odamlarga rahm qilib yer yuziga keltirgan. Ular odamlarni Alloh dargohiga da’vat etadilar. Xalq haqida qayg’urib: “YO Rabbiy. bularni sen xalos qil”, deb duo qiladilar.

• Yo’qsil shayxlardan biri ko’zi ojiz pirning uyida “Qur’on” turganini ko’rdi. O’zicha: “BU yerda “Qur’on”ning nima keragi bor. Bu odam ko’r bo’lsa”, dedi. Shu o’y oromini o’g’irladi. “Bu yerda shu ko’rdan boshqa hech kim yo’q, bu qanday sinoat? Yaxshisi hech narsa so’ramay, sabr qilay, sabr bilan niyatimga yetay”, dedi. Tun yarmida “Qur’on” o’qiyotgan ovozni eshitdi. O’rnidan sakrab turdi-yu shu ajib manzarani ko’rdi: ko’r pir “Qur’on” o’qiyotgan edi! To’g’ri o’qiyotgan edi. Sabrsizlangan shayx beixtiyor savol berdi: “Ko’zing ko’r bo’lgani holda bu satrlarni qanday o’qiyapsan, hayratdaman, to’g’risi?” Ko’r dedi:
“Ey tanning ilmsizligidan xalos bo’lgan, buni Allox qila olmaydimi? Nega hayron bo’lasan? Men Allohga: “Ey madadkorim bo’lgan Alloh, ey madad so’ralguvchi Tangrim, odam joniga kanday bog’langan bo’lsa, men “Qur’on” o’qishga shunday ishtiyoqmandman. Ammo hofiz emasman. YO Rabbiy, “Qur’on” o’qigan paytimda ko’zlarimga nur ber. mening ko’zlarimni och, “Qur’on”ni qo’limga olib o’qiy”, deb duo qildim. Allohdan: “Ey “Qur’on” ixlosmandi, ey har dardda bizga yuzlangan, bizdan umid uzmagan kishi, qachon “Qur’on”  o’qishni istasang, uni qo’lga olsang, shu lahzada ko’zlaringning nurini qaytib beraman, ey buyuk fitratli kishi”, degan nido keldi. Har narsani bilguvchi, hech bir ishdan g’ofil bo’lmagan u ulug’ podshoh, u yagona Alloh tun chirog’i yanglig’ ko’zlarimga nur ehson qilmoqda”.

• Lutf va marhamat sohibi bo’lgan Alloh bandalari Allohning fazilatlariga egadirlar. Ular qiyinchilik paytlarida pora olmaydilar, odamlarga rahm-shafqat ko’rsatadilar, madad beradilar. Ey balolarga uchragan odam, o’zingga kel, ularni qidir… o’zingga kel, ofat onida ularning duosini g’animat bil!

• Avliyolar quyoshning qo’riqchilaridir. Insonlar orasida Allohning sirlarini biladigan, anglaydigan shulardir.

• Sen uyma-uy, joyma-joy Allohning salomini izla, g’aflatda qolma! Men og’zidan yoqimli bo’y kelgan kishidan ham Allohning xabarini, ham Alloxning salomini eshitdim! Bu Alloh mardlarining salomini jon-dildan qabul qilaman, Allohning salomini ularning salomida his kilaman, eshitaman. Chunki uning salomi ham Alloh salomi bo’lgandir. Chunki u o’z borlig’ini olovga otgan, yoqqandir.

• Avliyolarga ergashmading, ularni intizor qilding, u yerda ham qismat kunining kutishi senga yor bo’ladi, kutasan, intizor bo’lasan.

• “Avliyolar xalq ko’zidan pana bo’lish uchun tog’larga ketadilar”, deydilar-ku… Aslida odamlarga nisbatan bular yuzta tog’ning tepasiga chiqqanlar,oyoqlarini yetti qavat osmon ustiga qo’yganlar. Ular xalqqa nisbatan yuzlab dengizdan, yuzlab tog’lardan nariroqda ekan, nega to-larga chiqib yashirinsinlar? Avliyolarning toqqa qochishga ehtiyoji yo’q… Ko’k arg’umog’i ham uning ortidan o’ynoqlaydi, oyog’idan yuzlab taqalar to’kiladi, to’kiladi-yu yana avliyoning iziga yeta olmaydi! Zohiran pari ko’zdan nihonku… inson parilardan ham yashirinrokdir. Aqlliga nisbatan inson shu qadar yashirin bo’lsa, g’ayb olamidagi xos inson qanday bo’ladi?

• Avliyo o’z-o’ziga yuzlab so’zlar aytadi, tinglaydi, ammo yonida o’tirgan kishi hidini ham ololmaydi! Lomakon olamdan ko’ngliga yuzlab savol-javoblar keladi, manziliga kadar ye tadi!

• Ey g’ofil tashna, biz avliyolarning so’zlaridan Hizr obi hayotini ichmoqdamiz, kel! Bu toshqin suvni ko’rmayotgan bo’lsang, hech bo’lmasa, ko’rlardek kelib ko’zangni suvga to’ldir. Bu daryoda suv bor, buni eshitding-ku… ko’rga taqlidan ish tutish kerak! Ko’zani daryoga tushir… og’irlashganini his qilasan… His qilasan-u suv ekanligiga ishonasan, ko’ngling quruq taqliddan qutuladi. Ko’r odam daryo suvini ko’ra olmaydi, ammo ko’zaning og’irlashganini sezib, suv ekanini biladi.

• Shayx bilan birga ekaningda yomonliklardan uzoqsan… kecha-kunduz ketaverasan, kemadasan. Jonlar bag’ishlagan jonga sig’inasan, kemaga kirib uxlaysan, shu taxlit yo’l bosasan’ Zamonning payg’ambaridan ayrilma… o’z hunaring, niyatingga ko’pam ishonma!

• Zamona qutbining so’ziga qarshi naqliy ilmni qo’llash suv orligida tayammum kilishga o’xshaydi!

• Bu yo’ldagi ko’shkni, soyabonni, shon-shuhratni tark et… Yo’lboshching harakat kilmagunicha harakatlanma! Boshsiz harakat qilgan dum bo’ladi… Bunday odamning harakati chayonning qilmishlariga o’xshaydi!

• Aqling bo’lmasa o’zingni o’lik holiga keltir… So’zi tirik bir oqildan madad tila.

• Allohning rahmati qahridan ortiq, ilgaridir. Sen ham ilgari bo’lishni istasang, bor, ilgari ketgan bir mardni axtar.

• Shayton ularni yo’ldan ozishga, shayx esa hidoyatga boshlaydi.

• Insonga qo’l-kanot aqldir. Odamning aqli bo’lmasa o’ziga boshqa bir aqlni yo’lboshlovchi qilishi kerak. YO ustun bo’l, yo ustunlik izla, yo fikr sohibi bo’l, yo fikr sohibini izla.

• Zulmatga talpingan kishi pirning amriga kirdimi yorug’likni ko’radi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications