MCHJ alkogolli mahsulotlarni ulgurji sotishi mumkinmi?
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy huquqiy shakldagi yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug’ullanishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va mayda ulgurji sotish huquqi “O’zsharobsanoat” AJ (Aksiyadorlik jamiyati) ning ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalariga beriladi. (Vazirlar mahkamasining 16.11.2001-yildagi 452-son qarori 1-bandi 3-xatboshisi)
Yuridik shaxslar spirtli ichimliklar bilan chakana savdo qilishlari mumkin. Buning uchun alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruhsat guvohnomasini olish zarur. U Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalarini berish bo’yicha Maxsus komissiya tomonidan beriladi.