Men bittadurman – Muhammad Yusuf

Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko’p,
Husning oshiqlari — adolaring ko’p.
Nimang ko’p, ko’yingda gadolaring ko’p,
Ammo men bittaman, men bittadurman.

Bek yigit bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoqu zorman,
Men beun sevarman, men jim sevarman,
Qiyomatgacha shul sukutdadurman.

Deydilar: muhabbat bilmas masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan o’zing deb bir kun insofa —
Gohi Toshkent, gohi Urgutdadurman.

Tiling bilmasam ham tushungandayman,
Sen bilan gohi do’st tutingandayman.
Gohi bu do’stlikdan o’kingandayman,
Ming bir xayol ichra ming bittadurman.

Suymoq bu — gulxanda kuymoq azali,
Men shahar erkasi, sen tog’ go’zali.
Eslab yur yodingga tushgan mahali —
Shaydolaring ko’p-u, men bittadurman!..

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications