Meros qanday taqsimlanishini ayrim misollarda ko‘rsatib o‘tamiz. Meros taqsimlanayotganda barcha merosxo‘rlarning ulushi bir xil bo‘ladi. Bunda taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik va meros transmissiyasigina mustasno.
Misol uchun merosxo‘rdan bir uy-joy va mashina meros bo‘lib qolgan. Merosxo‘r meros qoldiruvchining xotini va bir o‘g‘lidir. Bu vaziyatda meros qanday taqsimlanadi buni diagramma ko‘rinishida ko‘rsatib beramiz. Bunda mazkur mol-mulklarning nikoh davrida orttirilgan (sotib olingan yoki biror bir haq, ish, xizmat evaziga kelgani) ahamiyatga ega.
Agar bu mol-mulklar nikoh davrida orttirilgan bo‘lsa:
Agar bu mol-mulklar nikoh davrida orttirilmagan bo‘lsa:
Muhim jihat!
Uy-joy xotinga, mashinani o‘g‘ilga rasmiylashtirishni so‘rashadi. Meros qonunchiligiga ko‘ra merosdan qisman voz kechib bo‘lmaydi. Ya’ni o‘g‘il uy-joydagi ulushidan voz kechib mashinadagi ulushini, xotin esa moshindagi ulushidan voz kechib uy-joydagi ulushni olishi xato hisoblanadi.
Agar shunday tartibda mulkni qabul qilishmoqchi bo‘lishsa ular har biri merosdagi ulushini qabul qilib olib, keyin ayrim mulklardagi o‘zlarining hissalarini ikkinchilariga hadya qilishlari mumkin.