Mol-mulk solig’ini to’lash bo’yicha jismoniy shaxslarga qanday imtiyozlar beriladi?

Mol-mulk solig’i.
Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:

  • «O‘zbekiston Qahramoni», Sovyet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;
  • urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);
  • enyergiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan enyergiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan enyergiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek, o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biriga, pensionyerlarga, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham beriladi. Ushnur kategoriyadagi jismoniy shaxslarga soliq solinmaydigan maydon o‘lchami 60 kv.m doirasida beriladi.

Imtiyozlar soliq inspeksiyasiga soliq to‘lovchining alohida statusga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda qo‘llaniladi.

!!! Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.

Manba

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 421-moddasi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications