Mol-mulk solig‘ining stavkasi qancha? Soliq solinadigan bazasi

Mol-mulk solig’i bazasi

Soliq solish obyektlarining kadastr qiymati mol-mulk solig’ining soliq bazasi hisoblanadi.

Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi 42 million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Soliq solish obyektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida – 210 mln. so‘m boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa –
90 mln. so‘m miqdorda soliq bazasi hisoblanadi.

Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq bazasi har bir obyekt bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.

Mol-mulk solig’i stavkasi

Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi hamda Soliq kodeksining 436-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications