Umumiy qoida bo’yicha aliment O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida
olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi. Chet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo’yicha so’mlarda hisoblanadi (Oila Kodeksining 104-moddasi).
Da’vogar fuqarolik sudiga aliment undirish to’g’risidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli. Bunday holda da’vo arizasi javobgarning O’zbekiston Respublikasida so’nggi yashagan manzili bo’yicha
yoki da’vogarning o’zi yashab turgan joydagi tumanlararo fuqarolik sudiga berilishi mumkin (Fuqarolik Protsessual Kodeksi 241-modda).
Amaldagi qonunchiligimizda mukofot pulidan aliment undirilmaydi degan norma mavjud emas.
Xulosa o’rnida aliment barcha turdagi daromadlardan, shu jumladan mukofot pulidan ham undirilishi to’g’ri deb hisoblaymiz.