Mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish tartibi qanday?

Mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar:
Fan, adabiyot va san’at asarlarining mualliflari, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o‘z mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqlidir.

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning faoliyati:
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish uchun vakolatlar bevosita huquq egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda yozma shartnomalar asosida, shuningdek mulkiy huquqlarni boshqarishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar (shu jumladan chet el tashkilotlari) bilan tuzilgan tegishli shartnomalar bo‘yicha beriladi. Bunday shartnomalar mualliflik shartnomasi hisoblanmaydi.

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlari.

Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini musodara qilish:
Asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusxalari, shuningdek ularni tayyorlash va takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida musodara qilinadi.
Asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining musodara qilingan kontrafakt nusxalari yo‘q qilinishi kerak, ularni huquq egasiga uning iltimosiga binoan topshirish hollari bundan mustasno.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications