Mutlaq huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishi tartibi qanday?

Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasiga tegishli mulkiy huquqlar, boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquq egasi tomonidan shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin.

Mutlaq huquqlar meros bo‘lib va yuridik shaxs huquqiy vorislik tartibida o‘tadi.

Mulkiy huquqlarning shartnoma yoxud universal huquqiy vorislik tartibida o‘tishi mualliflik huquqining mutlaq huquqlar cheklanishiga sabab bo‘lmaydi.
Bunday huquqlarning o‘tkazilishi yoki cheklanishi to‘g‘risidagi shartnoma shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Shartnomada boshqa shaxsga o‘tkaziladigan huquq sifatida ko‘rsatilmagan huquqlar, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
Mutlaq huquqni uning amal qilish davrida cheklangan vaqtga boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnomaga nisbatan lisenziya shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications