Nikoh faqat FHDY organida qayd etiladimi yoki istisno holatlari ham bormi?

Ha, istisno holatlar bor. Alohida holatlarda nikohlanuvchilardan biri betobligi sababli FHDY organiga kela olmaydigan istisno hollarda nikoh shifoxonada, uyda yoki boshqa tegishli joyda nikohlanuvchi ikkala shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida bu haqida tegishlicha yozib qo‘yiladi.

Ayni vaqtda tergov hibsxonalarida, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan tuziladigan nikohni qayd etish, ushbu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zero, davlatning ijtimoiy vazifasidan kelib chiqib, Konstitusiyamizda “davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi” normalangan.

Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘rida belgilangan namunadagi ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.

FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikoh tuzilganligini qayd etish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.

Bunda ellik yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infeksiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o‘tishi kerak.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari, 73-band

Asos: Oila kodeksi,13-modda, 217-modda.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications