Nikoh tuzish muddati qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin. Biroq buning uchun qonunda nazarda tutilgan muayyan sabablar mavjud bo‘lishi talab etiladi. Uzrli sabablar bo‘lganda, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Alohida holatlar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin. Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi – bolalarining tug‘ilgani haqidagi guvohnomalari, kelinning homiladorligi haqida tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi, xizmat safari to‘g‘risidagi guvohnoma kabi hujjatlar ko‘rsatiladi.