Nikohni qayd etish muddatini qisqartirish jarayoni qanday?

Nikohni qayd etayotgan mansabdor shaxs (FHDYO) uzrli sabab bo‘la oladigan holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni talab qilishi lozim. Jumladan, uzoq muddat er-xotin bo‘lib turganlik fakti, bir turar-joy, bir oilada turgani haqida berilgan ma’lumotlar, umumiy bolalari borligi, bu haqdagi ma’lumotnoma va bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (otaligi belgilangan hollarda), qarindoshlarining kasalligi – yaqin qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat va kasallik haqida shifokorlarning tegishli ma’lumotnomalari, uzoq muddatga chet elga ketish va boshqa joyga xizmat safariga borish — bu haqdagi tegishli hujjatlar bilan isbotlanishi kerak.

Nikohni qayd etish muddatini qisqartirish yuzasidan talabnoma kelin va kuyovning har ikkisi tomonidan ariza bilan murojaat etilgan holda topshirilishi lozim. Arizaga muddatni qisqartirishga asos bo‘ladigan hujjatlar ilova qilinishi kerak. Ariza va tegishli hujjatlarni qabul qilib olgan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi mudiri muddatni qisqartirish yoki rad etish, agar qisqartirish lozim bo‘lsa, necha kunga qisqartirishni har bir holda aniq holatga qarab belgilaydi. Bu masalani hal qilayotgan mansabdor shaxs (FHDYo) o‘z xulosasini yozib, imzo bilan tasdiqlashi o‘rinli bo‘ladi. Bunday holat mansabdor shaxslarning muddatni qisqartirishga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications