Oʻzbekistonda yana bir agentlik tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etildi.

Belgilanishicha, Agentlik:

moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi;

oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;

sohaga oid qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik yoki qonun buzilishlarini bartaraf qilish haqida tegishlicha yozma ravishda ogohlantirishlar va ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;

qonunbuzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications