“O’lsang kim yig’laydi” kitobidan ostiga chizilgan parchalar. Robin Sharma.

Oyog’imda kovushim yo’q deb yig’layotgandim, shunday odamni ko’rdimki kovush kiyishga oyog’i yo’q edi. (Asl muallifi hazrat Alisher Navoiy)

*****

Donolik – keyin nima qilishni bilish, qobiliyat uni qanday qilishni bilish, mukammallik – uni bajarish.

*****

Hayotda qanchalik yuqoriga ko’tarilishing qanchalik qattiq mehnat qilishingga emas, qanchalik kuchli fikrlashingga bog’liq.

*****

Mehr bu – shunchaki ushbu sayyorada egallagan o’rnimiz uchun to’lashimiz shart bo’lgan ijara haqidir.

*****

…og’riq bu – o’qituvchi, muvoffaqqiyatsizlik esa muvaffaqqiyatga eltuvchi yo’ldir.

*****

So’rovchining ahmoqligi bir necha daqiqalikdir. So’ramaganniki esa abadiydir.

*****

O’z ustingizda qanchalik qattiq bo’lsangiz, hayot sizning ustingizda shunchalik yengil bo’ladi.

*****

Agar siz boshqalardan ko’proq muvafaqqiyatsizlikka uchragan bo’lsangiz, demak sizda boshqalardan ko’proq yashash imkoniyati mavjud ekan.

*****

Hech qachon nuqsonlaringizni bilmay turib ularni bartaraf qila olmaysiz. Yomon odatdan qutulishning eng yaxshi yo’li undan ogoh bo’lmoqdir.

*****

Band bo’lishning o’zi yetarli emas, chumolilar ham hamisha band bo’lishadi. Muhimi nima bilan band bo’lishdadir.

*****

Agar bugun o’qimagan bo’lsangiz, demak bugun yashamabsiz. O’qishni bila turib o’qimaslik sizni o’qishni bilmay turib o’qishni xohlovchi inson bilan barobar qilib qo’yadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications